Ukraina sobiq prezidenti Pyotr Poroşenko Germaniyani mamlakatdagi ukrainalik harbiy yoşdagi erkaklarni moliyalaştirişni töxtatişga va buning örniga pullarni Ukraina armiyasiga ötkazişga çaqirdi. «Kimning orqaga qaytiş imkoni bölsa, orqaga qaytişi kerak», dedi u 8 may, çorşanba kuni Berlinda bölib ötgan Germaniya konservativ Xristian-demokratik ittifoqi partiyasining qurultoyi çoğida DW naşriga bergan intervyusida.
Şu bilan birga, u Ukraina yoki Germaniyaning har qanday harakatlari vatanga qaytişdan boş tortgan ukrainalik erkaklar pozitsiyasiga ta’sir qilişi mumkinligiga şubha bildirdi. «Ammo men (Germaniyaga) uşbu şaxslarga – şu yerda bölgan va Ukrainaga qaytişni istamagan erkaklarga nisbatan moliyalaştirişni töxtatib, zudlik bilan Ukraina Qurolli kuçlariga pul berişni boşlaşni tavsiya qilaman», dedi Poroşenko.
Poroşenko TAURUS raketalarini Ukrainaga taqdim etişga çaqirdi
Şu bilan birga, Ukrainaning sobiq prezidenti Kiyevni Germaniyaning uzoq masofali TAURUS raketalari bilan ta’minlaş zarur deb hisoblaydi. «Bizga bu pul nafaqat havo mudofaasi uçun - faqat havo hujumidan mudofaa bilan uruşda ğalaba qozonişning iloji yöq, balki TAURUS uçun ham kerak, bu Rossiya uçun muhim energiya infratuzilmamizga hujum qilişni töxtatişi uçun juda kuçli dalildir, sababi javob zarbasini qabul qilib oladi», deb tuşuntirdi u.
Poroşenkoning sözlariga köra, ukrainaliklarga nega AQŞ Ukrainaga ATACMS raketalarini, Britaniya Storm Shadow raketalarini, Fransiya Scalp raketalarini yetkazib berayotgani, biroq «Ukrainaning yaqin hamkori va Yevropa Ittifoqi yetakçisi» bölgan Germaniya TAURUS raketalarini bermayotganini tuşuntiriş qiyin.
Germaniyada erkaklarni Ukrainaga qaytariş haqida munozara
Kiyevning yoşi böyiça safarbarlik töğrisidagi qonunga töğri keladigan erkaklarga konsullik xizmatlari körsatişni töxtatib qöyiş töğrisidagi qaroridan söng, Germaniya va Yevropa Ittifoqining boşqa mamlakatlarida ukrainalik erkaklarni öz vatanlariga qaytariş haqida munozara boşlandi. 7 may kuni bundestag a’zosi Roderix Kizevetter Ukrainaning bu sa’y-harakatlarini qöllab-quvvatlaşga çaqirdi. «Germaniya Ukrainani harbiy xizmatga yaroqli erkaklar böyiça adolatli takliflar berişda va ularni ixtiyoriy ravişda qaytişga undaşda qöllab-quvvatlaşi kerak, öz navbatida, Germaniya, masalan, uşbu fuqarolar guruhiga pul yordamini tölaşni töxtatib, ularni aniqlaş va olib ketişga yordam berişi mumkin», - deya taklif qildi siyosatçi.

















