Light | 12:03 / 05.12.2018
20360
5 daqiqa o‘qiladi

Forbes: 30 yoshgacha bo‘lgan eng omadli yulduzlar reytingi

Ikki yil ilgari 21 yoshli model Kayli Janner Kylie Cosmetics faoliyatini yo‘lga qo‘ygan edi, 2018 yilga kelib kosmetika biznesi unga 30 yoshgacha bo‘lgan eng yuqori daromad topuvchi yulduzlar reytingining birinchi o‘rnini egallashga yordam berdi. Hisobot davri davomida (2017 yilning 1 iyunidan 2018 yilning 1 iyunigacha) Janner 166,5 million dollar ishladi, uning boyligi esa 900 million dollarga baholanmoqda. Ro‘yxatdan shuningdek Kayli Jannerdan tashqari besh sportchi va to‘rt musiqachi ham o‘rin oldi. Forbes versiyasiga ko‘ra, eng omadli yosh yulduzlar o‘nligi Forbes Life galereyasida.

Foto: Getty Images

10. Jordan Spit (41,2 mln dollar)

Jordan Spit 2017 yilda Buyuk Britaniyaning Golf bo‘yicha ochiq chempionati g‘olibi bo‘ldi va 1,85 million dollarlik chekni o‘zi bilan olib ketdi. Shu bilan birga, u Under Armour, AT&T, Coca-Cola va Rolex kabi brendlar bilan reklama shartnomalaridan ham pul topadi.

Foto: Getty Images

9. Derek Karr (42,1 mln dollar)

2017 yilda «Oklend Reyders» klubi o‘z kvoterbeki Derek Karr bilan shartnomani besh yilga uzaytirdi. O‘yinchi klubga 125 million dollarga tushdi, shundan 40 million dollarini Karr shartnoma imzolagan vaqtdan keyin bir yil davomida qo‘lga kiritadi.

Foto: Getty Images

8. Saul Alvares (44,5 mln dollar)

Floyd Meyvezer ketishi bilan Saul Alvares pulli teletomosha tizimi (pay-per-view)ning asosiy yulduziga aylandi. Uning kenja Xulio Sesar Chaves va Gennadiy Golovkin bilan janglari milliondan ortiq pulli tomoshalarni to‘pladi, Alvaresning Golovkin bilan jangi uchun gonorar esa taxminan 42 million dollarni tashkil qildi. Under Armour, Tecate, Hennessy va Everlast bilan homiylik shartnomalari esa unga ringdan tashqarida mo‘maygina daromad topish imkonini beradi.

Foto: Getty Images

7. Endryu Taggart, The Chainsmokers (45,5 mln dollar)

«Closer» va «Something Just Like This» xitlari mualliflari Wynn Nightlife bilan Las-Vegasda oqshomlar o‘tkazish uchun uch yillik shartnoma imzolashdi. Guruhning bir ishtirokchisi — Aleks Poll esa ro‘yxatga qo‘shilmadi, chunki u 33 yoshda.

Foto: Getty Images

6. Jyeyms Xarden (46,4 mln dollar)

«Xyuston Rokets» klubi basketbolchi bilan shartnomani 2016 yilda uzaytirgan — Xarden to‘rt yilda 169 million dollardan ziyod mablag‘ topadi. O‘tgan ikki o‘yin mavsumi davomida Jyeyms Xarden 20 million dollar ishlab oldi va bu pullar bekorga to‘lanmadi: hozirda o‘yinchi o‘z karerasi cho‘qqisida. Shuningdek, Xarden NBA reklama kampaniyasidagi ishtiroki uchun royalti va bonuslar olishda davom etadi.

Foto: Getty Images

5. The Weeknd (57 mln dollar)

Kanadalik o‘z qo‘shiqlari strimingi va konsert dasturlaridan pul ishlashda davom etmoqda. Shuningdek, Puma, H&M va Bacardi brendlari bilan shartnomalar uning boyligini yanada oshiradi.

Foto: Getty Images

4. Teylor Svift (80 mln dollar)

Reputation albomi sotuvlarning ilk haftasidayoq 1,2 million nusxada tarqaldi. Teylor u bilan Tampadan Tokiogacha bo‘lgan jahon turnesiga yo‘l oldi.

Foto: Getty Images

3. Neymar (90 mln dollar)

Braziliyalik futbolchi «Pari Sen-Jyermen» bilan besh yillik shartnomani imzoladi, unga ko‘ra klub o‘yinchi uchun 250 million dollarni transfer uchun «Barselona»ga to‘lagan, shartnoma bo‘yicha yana 350 million dollar 5 yil davomida Neymarga to‘lanishi ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, 26 yoshli futbolchi Nike, Red Bull, Gillette, McDonalds va Beats by Dre brendlari bilan hamkorlikdan pul topadi.

Foto: Getty Images

2. Ed Shiran (110 mln dollar)

Shiran 27 yoshida o‘z qo‘shiqlar strimingi va muvaffaqiyatli stadion turi uchun eng yuqori haq to‘lanuvchi ijrochiga aylandi. Shuningdek, «Taxtlar o‘yini» va «Simpsonlar»dagi ishtiroki uning "xazinasi"ni yanada boyitdi.

Foto: Getty Images

1. Kayli Jyenner (166,5 mln dollar)

Kardashyanlar avlodining eng kenja vakili yosh bo‘lishiga qaramay, Kylie Cosmetics ortidan barcha opalaridan ko‘p pul ishlamoqda. Ikki yil ichida kompaniya daromadi yiliga 330 million dollargacha oshdi.

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid