O‘zbekiston | 13:22 / 05.12.2018
20602
1 daqiqa o‘qiladi

Sog‘liqni saqlash vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Bahodir Maxmudovich Nizomov O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi. Vazirlik matbuot xizmati xabariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori imzolangan.

Bahodir Nizomov bungacha O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

U bu lavozimda Gulnora O‘rmonova o‘rnini egalladi. O‘rmonova shu yilning martida vazir o‘rinbosari sifatida ish boshlagandi.

Mavzuga oid