Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bosh prokuratura tomonidan yana bir talon-torojlik holati fosh etildi
Bosh prokuratura huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta'minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan nazorat tadbirlari o‘tkazildi.
Mahkama matbuot xizmati xabariga ko‘ra, «Qo‘ng‘irot un zavodi» AJ tomonidan shartnomaviy munosabatlar asosida ishlab chiqarish uchun qabul qilib olingan jami 1700 tonna sholi mahsuloti moddiy javobgarlik shartnomasi asosida B.A.ning javobgarligiga berilib, Qonliko‘l tumani, «Jayxun» OFY hududida joylashgan, jamiyatga ijara shartnomasi asosida foydalanishga olingan omborga joylashtirilgan.
«O‘zdonmahsulot» AK boshqaruv raisi buyrug‘iga asosan B.A.ning javobgarligidagi sholining kirim va chiqimi inventarizatsiyadan o‘tkazilganida 1 mlrd. 177 mln. 141 ming 861 so‘mlik 817 ming 902 kg. sholi mahsulotlari kamomadi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan Inspektsiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
18:00 / 26.08.2025
Mo‘ynoqda otilib chiqqan katta bosimdagi gaz jilovlandi
18:23 / 22.08.2025
Nukus shahrida chang bo‘roni kuzatilmoqda
11:19 / 19.08.2025
Qoraqalpog‘istonda mayning uchun maxsus zona tashkil etilishi mumkin
07:42 / 16.08.2025