O‘zbekiston | 01:44 / 08.12.2018
9052
2 daqiqa o‘qiladi
Sog‘liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha ishchi komissiya tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–5590-sonli farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra sog‘liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha ishchi komissiya tashkil etilmoqda.
Ishchi komissiyaning asosiy vazifalari etib Kontseptsiyani amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini belgilangan tartibda sifatli ishlab chiqish va kiritish hamda amaliy choralar ko‘rilishini tashkil qilish belgilanmoqda.
Ishchi komissiya:
- bir hafta muddatda vazirlik va idoralar, ilmiy-tadqiqot va ta'lim muassasalarining mutaxassislarini, fuqarolik jamiyati institutlari, yetakchi xorijiy konsalting kompaniyalari va xalqaro tashkilotlarning vakillarini jalb etgan holda normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini tayyorlash bo‘yicha ekspert guruhlarini tuzsin, ularning samarali faoliyatini tashkil etadi;
- Dasturda nazarda tutilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining qonunchilikni, huquqni qo‘llash amaliyoti va ilg‘or xorijiy tajribani tanqidiy tahlil qilish asosida tayyorlanishini ta'minlaydi;
- normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari izchil va sifatli tayyorlanishi, o‘z vaqtida belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishi va kiritilishi, shuningdek, Dasturda nazarda tutilgan boshqa tadbirlarning amalga oshirilishi ustidan doimiy nazoratni amalga oshiradi;
- 2019 yil 1 aprelga qadar muddatda ayrim davolash-profilaktika muassasalarini belgilangan tartibda investorlarga ishonchli boshqaruvga berish bo‘yicha investitsiya loyihalarini tayyorlasin hamda ularning O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasining Investitsiya portalida joylashtirilishini ta'minlaydi;
- sog‘liqni saqlash sohasidagi eng namunali davlat-xususiy sheriklik amaliyotlarining monitoringini va keng tatbiq etilishini ta'minlaydi.
Mavzuga oid
18:34 / 01.08.2023
Koreya banki O‘zbekistonni tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash loyihasiga 74 mln dollar ajratadi
09:27 / 31.07.2023
Toshkent tibbiyot akademiyasining Chirchiq filiali tashkil etiladi
09:50 / 21.07.2023
AQSh kompaniyasi O‘zbekiston tibbiyot sohasiga sarmoya kiritishni rejalashtiryapti
09:08 / 10.07.2023