Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya va AQSh Suriyada birgalikda harakat qilishga tayyorligini bildirdi
Turkiya va AQSh terrorchilik tahdidlari Suriya hududi yoki uning ortidan bildirilishidan qat'iy nazar, ularga qarshi qat'iy kurash olib bormoqchi. Bu haqda ikki davlatning qo‘shma bayonotida aytilgan.
Hujjat Suriya bo‘yicha yuqori darajadagi Turkiya-AQSh ishchi guruhining uchinchi yig‘ilishiga ko‘ra qabul qilingan. Yig‘ilish 7 dekabrda Anqarada bo‘lib o‘tgan.
“Turkiya va AQSh Suriyaning hududiy yaxlitligi va mustaqilligi, suverenitetini hurmat qiladi. Suriya ixtilofini siyosiy yo‘l bilan hal qilinishi BMT Xavfsizlik kengashining 2254-sonli rezolyutsiyasi tamoyillariga asoslanishi kerak”, deyilgan xabarda.
Bayonotga ko‘ra, Vashington va Anqara joriy yil oxirigacha Suriyaning Manbij tumani bo‘yicha yo‘l xaritasini amalga oshirishda aniq progressga erishishni o‘z zimmalariga oladi.
Ishchi guruhning 4-yig‘ilishi 2019 yil fevralidan kech o‘tkazilmasligiga kelishib olingan.
Mavzuga oid
20:35 / 09.07.2026
AQSh–Eron eskalatsiyasi sulh tugaganini anglatadimi?
18:32 / 09.07.2026
«Kuchliroq NATOda kuchliroq Yevropa» – Anqaradagi sammit qanday o‘tdi?
18:10 / 09.07.2026
Erdo‘g‘an NATO yetakchilariga shaxsiy to‘pponcha sovg‘a qildi
10:20 / 09.07.2026