Jamiyat | 15:15 / 10.12.2018
101835
1 daqiqa o‘qiladi

Aktyor va rejissyor Oybek Odilov olamdan o‘tdi

Marhum san'atkor Inog‘om Odilovning farzandi - aktyor, rejissyor Oybek Odilov xastalik tufayli bugun olamdan o‘tdi. Bu haqda «O‘zbekkino» milliy agentligi ma'lum qildi.

Oybek Odilov ilk bor Zulfiqor Musoqovning «Ayol zoti» serialida tomoshabin nazariga tushgan. Rejissyor sifatida «Osmon yaqin» filmini suratga olgan. 

Shuningdek, mohir dublyaj aktyori sifatida ham o‘ziga xos ovoz sohibi edi. 

«Uning yorqin xotirasi hamkasblari, yaqinlari qalbida mangu yashaydi. Sirli tabassumi esa o‘zbek kinosining ekranlarida barhayot», - deyiladi «O‘zbekkino» xabarida.

Kun.uz marhumning oila a'zolariga chuqur ta'ziya bildiradi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid