Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya GRU kibermakondagi maxsus amaliyotlarga aloqador ekanini ma'lum qildi
Buyuk Britaniya jamoatlar palatasi hisobotida aytilishicha, GRU kibermakonda maxsus amaliyotlarni amalga oshirishda «yetakchi rol» o‘ynaydi. Bu haqda RT xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, hisobotda gap Rossiyaning FQX (Federal qo‘riqlash xizmati), TRX (Tashqi razvedka xizmati), FXX (Federal xavfsizlik xizmati) va GRU (Rossiya QK Bosh shtabi Bosh boshqarmasi) kabi kuch tuzilmalarining faoliyati haqida ketmoqda.
Aniqlik kiritilishicha, GRU 2016 yilda AQShda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlari vaqtidagi kiberhujumlarga, Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi kompyuter tizimlarini buzib kirishga urinishlarga hamda GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal va uning qizi Yuliyaning Solsberida zaharlanishiga aloqadordir. Shu bilan birga, rasmiy idoralarning ma'lumotlari hujjatda mavjud emas, ammo «GRUning 305 nafar taxminiy agenti ismini oshkor qilgan» Bellingcat resursiga havolalar bor.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq London Kremlga yaqin oligarxlarni belgilab olgani, Alisher Usmonov ham ro‘yxatda ekani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
21:11 / 03.07.2026
Britaniyalik siyosatchilar «Masha va Ayiq» multfilmini taqiqlashga chaqirdi
20:11 / 30.06.2026
Britaniyada nam salfetkalarni sotish taqiqlandi
22:32 / 26.06.2026
Charlz III Britaniya monarxlari orasida birinchi bo‘lib soliqlarini e’lon qildi
18:22 / 26.06.2026