Buyuk Britaniya maxsus xizmatlari Kremlga yaqin deb hisoblanuvçi rossiyalik tadbirkorlarga bosimni kuçaytiriş niyatida. Bu haqda The Daily Telegraph xabar bermoqda.
Qayd etilişiça, röyxatdan Roman Abramoviç, Alişer Usmonov, Oleg Deripaska, Igor Seçin, şuningdek, Boris va Arkadiy Rotenberg joy oldi.
Naşrning xabar berişiça, röyxat boş vazir Tereza Meyga taqdim etilgan va u hujjatni ma'qullagan. Endi London röyxatni ittifoqçi davlatlar maxsus xizmatlariga topşirişni rejalaştirmoqda.
Naşrning Britaniya hukumatidagi manbasi aniqlik kiritişiça, körsatilgan şaxslarga Buyuk Britaniya hamda boşqa mamlakatlarda erkin harakatlaniş va işlaş çeklab qöyiladi. Bu kampaniya GRU sobiq xodimi Sergey Skripal va uning qizi zaharlanganiga javob böladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Britaniya maxsus xizmatlari olti nafar rossiyalik tadbirkorga bosimni kuçaytirişi xabar qilingandi.













