O‘zbekiston | 11:22 / 10.12.2018
14684
6 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda bojxona yig‘imlari stavkalari optimallashtiriladi (batafsil)

Foto: iStock

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Bojxona yig‘imlari stavkalarini optimallashtirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Hujjat bilan 2019 yil 1 yanvardan boshlab bojxona yig‘imlari stavkalari tasdiqlanishi mumkin.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ba'zi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanadi.

Bojxona yig‘imlari
STAVKALARI

 Tovarlarni “davlat foydasiga voz kechish”, “yo‘q qilish”, “vaqtinchalik saqlash”, bojxona tranziti” rejimiga rasmiylashtirganlik uchun bojxona yig‘imlari undirilmaydi.

Dastlabki deklaratsiyalash orqali tovarlarni rasmiylashtirganda, bojxonada rasmiylashtirganlik uchun yig‘im faqatgina dastlabki deklaratsiyalashda bir marta undiriladi.

Sud qaroriga asosan davlat foydasiga yoki yo‘q qilish uchun yo‘naltirilgan tovarlarni saqlaganlik uchun yig‘im undirilmaydi.

Tovarlar klassifikatori bo‘yicha dastlabki qaror bekor qilinganda, o‘zgartirilganda yoki qaytib olinganda uni qabul qilganlik uchun to‘lov qaytarilmaydi.

Umumiy hisoblangan yig‘imlar qiymati, transport vositasini “erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga joylashtirgandagi to‘lanishi lozim bo‘lgan bojxona to‘lovlari summasidan oshmasligi shart.

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e'tirof etilayotgan qarorlari
RO‘YXATI

1. Vazirlar Mahkamasining “Bojxona yig‘imlari stavkalari to‘g‘risida”gi 1999 yil 30 apreldagi 204-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Import boj poshlinalarini unifikatsiya qilishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2002 yil 31 maydagi 189-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002 y., 5-son, 28-modda) 2-ilovaning 2-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining iste'mol tovarlari olib kelish va sotish masalalari bo‘yicha ayrim qarorlariga o‘zgartirish, qo‘shimchalar kiritish va ularning ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi 2003 yil 16 oktabrdagi 446-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003 y., 10-son, 97-modda) 1-ilovaning 6-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar va idoralarning byudjyetdan tashqari jamg‘armalariga mablag‘lar ajratish va ulardan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2003 yil 19 noyabrdagi 520-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003 y., 11-son, 123-modda) 2-ilovaning 10-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “Bojxona ombori, erkin ombor va boj olinmaydigan savdo do‘koni faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 2003 yil 20 noyabrdagi 523-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003 y., 11-son, 124-modda) 3-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining “ O‘zbekiston Respublikasi hududida tashilayotgan tovarlarni bojxona tomonidan nazorat qilishni kuchaytirish to‘g‘risida”gi 2004 yil 20 maydagi 239-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004 y., 5-son, 49-modda) ilovaning 2-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish hamda ba'zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi 2004 yil 26 iyuldagi 359-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004 y., 7-son, 74-modda) ilovaning 3-bandi.
8. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2011 yil 24 avgustdagi PF-4354-son farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish va tadbirkorlik faoliyati erkinligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011 yil 25 avgustdagi PQ-1604-son qarori)” 2011 yil 2 noyabrdagi 294-son qaroriga ilovaning 16-bandi.
9. Vazirlar Mahkamasining “Bojxona ishi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi 2012 yil 27 noyabrdagi 330-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012 y., 11-son, 82-modda) ilovaning 3-bandi.
10. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba'zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida” 2016 yil 20 yanvardagi O‘RQ-400-son hamda “O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish, shuningdek ba'zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida” 2016 yil 20 yanvardagi O‘RQ-401-son qonunlari)”gi 2016 yil 20 iyundagi 211-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016y., 6-son, 59-modda) 1-ilovaning 5-bandi.
11. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta'minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2016 yil 5 oktabrdagi PF-4848-son Farmoni)”gi 2016 yil 26 dekabrdagi 414-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016 y., 12-son, 110-modda) ilovaning 1-bandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid