Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat yong‘in nazorati organlarining asosiy yo‘nalishlari belgilandi
Davlat yong‘in nazorati organlari faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Vazirlik telegram-kanalida aytilishicha, yo‘riqnomaga muvofiq davlat yong‘in nazoratini (DYoN) amalga oshirishda yuqori turuvchi inspektorlarning ko‘rsatmalari va farmoyishlari quyi inspektorlar tomonidan bajarilishi shart hamda ularning faoliyatiga boshqa mansabdor shaxslarning aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Yo‘riqnoma bilan DYoN organlari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari belgilandi. Xususan davlat yong‘in nazorati organlari doimiy ravishda yong‘inga qarshi targ‘ibotni olib borishi lozim.
Har bir inspektor oylik ish reja-jadvalini tuzadi. Rejadagi ayrim tadbirlar bajarilmay qolgan holatlarda, bajarilmaganligi sabablari haqida bildirgi yoziladi.
Yuridik yoki jismoniy shaxsning mulkiy kompleksi (obektlar) DYoN organi rahbarining farmoyishi bilan inspektorlarga biriktiriladi. Ushbu farmoyish amal qilish muddati tugagandan so‘ng uch yil saqlanadi.
Obektlar ish rejalar asosida yiliga kamida ikki marotaba, ya'ni rejali va nazorat tartibida tekshiriladi.
Aholi yashash uylarini tekshirish xususiy mulk egalarining yoki ijarachining roziligi asosida o‘tkaziladi.
DYoN organlariga Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 84-moddasi (O‘rmonlarda yong‘in xavfsizligi talablarini buzish) 124-moddasi (Transportda yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) va 211-moddalarida (Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarliklarni ko‘rib chiqish tegishlidir.
Inspektorlar har bir yong‘in yuzasidan 10 sutkadan kechiktirilmagan muddatda tergovga qadar tekshiruv ishlarini olib boradi. Tekshiruv muddati bir oygacha uzaytirilishi mumkin.
Mavzuga oid
10:49 / 26.11.2025
Eksport tovarlari bojxona qiymatini rasmiylashtirish bo‘yicha alohida tartib joriy etildi
20:23 / 03.08.2025
Qozog‘iston janubida 40 gektar maydonda yuz bergan yong‘in o‘chirildi
12:22 / 14.07.2025
Yo‘l harakatiga oid ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqish tartibi bo‘yicha yo‘riqnoma tasdiqlanadi
11:56 / 04.07.2025