Yonğin vaqtida asosiy eşikka emas, evakuatsion çiqiş zinasiga yönaliş kerak – favqulodda vaziyatlarda qanday harakatlaniş lozim?
|23:57 / 05.02.20266 789
Poytaxt FVBB matbuot kotibi Zuhriddin Qurbonovning aytişiça, yonğin yuzaga kelib, atrofga tutun töplanganida odamlar yerga çökkan holda paypaslab binodan çiqib ketişi kerak. Bunda asosiy eşikka emas, evakuatsion qöşimça zinapoyalarga yönaliş va obektdan butkul çiqib ketiş lozim. Xöş, odamlar u eşiklarni qanday topadi? Va umuman bunday vaziyatda nima qiliş kerak? Qurbonov şu va insonlar köp yiğiladigan maskanlarga qanday xavfsizlik talablari qöyilgani haqida Kun.uzʼga gapirib berdi.
Toşkent şahrida odamlar köp töplanişi mumkin bölgan maskanlarning yonğin va favqulodda vaziyatlar böyiça xavfsizlik talablariga muvofiqligi tekşirilmoqda. Aniqlangan kamçiliklar bartaraf etilmagunça ayrim obektlar faoliyati vaqtinça töxtatilyapti. Bu harakat Yaşnobod tumanidagi Aviator savdo markazida yuzaga kelgan yonğin voqeasi fonida amalga oşirilmoqda.
Hukumatning 2020 yilda qabul qilgan 649-sonli qarorida yonğin xavfsizligi qoidalari tasdiqlangan. Xöş, unda nimalar deyilgan? Va umuman bu kabi gavjum obektlarda yonğin yuzaga keladigan bölsa, odamlar qanday harakatlanişi lozim? Kun.uz bu haqda batafsil ma’lumotni şahar Favqulodda vaziyatlar boş boşqarmasi matbuot kotibi Zuhriddin Qurbonovdan oldi. Quyida intervyuning matni keltiriladi.
– Yaşnobod tumanidagi Aviator savdo markazida yirik yonğin yuzaga keldi. Afsuski, jarayonda uç yoşli bolakayning murdasi ham topilgan va umumiy fonda hozir köpçilikda savol tuğilyapti. Özi umuman bu kabi köngiloçar maskan yirik obektlarga yonğin xavfsizligi böyiça qanday talablar qöyilgan? Şuni batafsil tuşuntirib bersangiz.
– Vazirlar Mahkamasi qarorlari va tegişli qonun-qoidalar qabul qilingan. Bu qonun-qoidalarga köra, har bitta obekt, binoda evakuatsion çizma böladi. Evakuatsiya çizma nimaga kerak? Binoga kelgan fuqaro birinçi navbatda, binoning kiriş-çiqiş joylari bilan tanişib olişi kerak. Çunki köngiloçar savdo maskanlarida barçamizga ma’lumki, birinçi navbatda taşrif buyurgan fuqaro kiriş-çiqiş eşiklarini adaştirib qöyişi mumkin. Ya’ni yonğin, biror favqulodda vaziyat yuzaga kelsa, özi qöşimça evakuatsion eşiklarini topa olmasligi mumkin. Köp fuqarolar şunday tuşunçaga egaki, asosiy eşik şu oldi va orqa[da joylaşganlari] deb öylaşadi. Lekin unday emas. Bu asosiy eşik hisoblanmaydi, evakuatsion çiqiş eşiklari [bor].
Mavzuga oid
14 min
Evakuatsion çiqiş eşiklari şunday joylaşganki, ular aynan yonğin sodir bölganda avtomatik tarzda işlaydi yoki xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan işga tuşiriladi. Qöşimça zinapoyalardagi eşiklar oçiladi. Oddiy paytda u yopiq turadi, lekin xavf tuğilganda avtomatik tarzda, özidan-özi oçiladi. Agarda fuqarolar e’tibor bilan qarasa, yaşil maxsus belgi qöyilgan. U maxsus belgi aynan öşa eşikka qarab yönaltiradi. Asosiy tuşiş eskalatorlariga yönaltirilmaydi. Qayerda tursangiz, şu yerdagi eng yaqin bölgan evakuatsion çiqiş joyiga qaratiladi. Soddaroq qilib aytganda, evakuatsion çiqiş belgilari, evakuatsion çiqiş çizmalari bölişi kerak bölgan talablar, şu bilan bir qatorda avtomatik tarzda tutundan, issiqlikdan xabar beriş moslamalari örnatilişi böyiça tegişli talablar qöyiladi.
Bu ham bölsa, binoning öziga yaraşa qanday ekani: unda oşxona yoki öyingohlar joylaşganmi yoki bir sotuv ofislari, ularning turiga qarab Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan tekşiruvlar davomida binoni qabul qilişda tegişli talablar qöyiladi. Xavfsizlik xizmati xodimlarining bu vaziyatda birinçi vazifasi — favqulodda vaziyatlar qutqaruvçilari yetib kelguniga qadar fuqarolarni evakuatsiya qiliş işlarini taşkil etişi. Agarda töğri evakuatsiya işlari taşkil qilinsa, insonlarga talafot yetişi yoki yirik bir köngilsiz hodisaning öz vaqtida oldi olingan böladi.
– Asosiy holatlarda köngiloçar markazlarda yonğin sabablari nimadan böladi? Şu vaqtgaça faoliyatingiz davomida kuzatganlaringiz va umumiy özi bölişi mumkin bölgan versiyalarni aytib bera olasizmi?
– Köngiloçar savdo maskanlarida, aynan insonlar köp yiğiladigan markazlarda yaqin yillarda hali yirik yonğinlar sodir bölmagandi. Çunki ijtimoiy tarmoqlarda hali bunday ma’lumotlar ketmagan, bunday holatlar kuzatilmagan. Agarda kuzatilsa, köpinça olovli işlar bajariladigan qavatlarda, ya’ni oşxonalarda sodir bölişi mumkin. Unda ham ovqat pişiriş jarayonida köpinça şunday holatlar kuzatilişi mumkinki, mörilarda yoğlar yiğilişi natijasida, yoğlar öz vaqtida tozalanmasa yoki elektr simlar, ya’ni bitta elektr “rozetka”ga bir neçta elektr qurilmalarni bir vaqtda ulab, unga ortiqça kuçlaniş tuşsa, yonğin sodir bölişi mumkin. Yoki yana şunday hodisalar yuzaga keladiki, oddiy elektr çiroqlarning qisqa tutaşuvi natijasida, ya’ni nosozlik yuzaga kelsa, undan sodir bölişi mumkin va u vaziyatda ham xabar beriş moslamalari işlaydi. Öz vaqtida u narsa bartaraf qilinadi. Şuning uçun ham binoga har doim avtomatik tutundan xabar beriş moslamalari va şu bilan bir qatorda elektr ta’minoti mutaxassislarini çaqirgan holatda elektr simlari kuçlanişini tekşiriş talabi qöyiladi.
– Signalizatsiya qança vaqt oraliğida işlab ketadi va odamlar qanday yöllar bilan ogohlantiriladi?
– Signalizatsiyaning vaqti emas, bu tutun qayerdan va qanday çiqayotgani bilan boğliq. Ya’ni birinçi navbatda yonğin sodir bölişidan oldin qisqa tutaşuv böladi. Agarda elektr simlarda qisqa tutaşuv bölsa, elektr dastaklar böladi, şularda ayrim vaqtlarda avtomatik ravişda yuqori kuçlanişda nosozlik yuzaga kelsa, elektr toki öçadi. Agar şunda ham kuçlaniş birdaniga yuqori bölib ketib, undan tutun çiqib, tutun hosil bölib, yonğin yuzaga kelayotgan bölsa, undagina tutun avtomatik xabarlagiçga keladi va unda signal avtomatik ravişda, har bitta köngiloçar savdo maskanlarida şunday tizim örnatilganki, yonğindan xabar berilişi bilan xavfsizlik tizimi xodimlarida videokuzatuv moslamasida ötirgan xavfsizlik xodimlariga [xabar boradi].
Unda aniqlaştiriş uçun öz xodimini voqea joyiga jönatadi. Şu bilan bir qatorda, agarda jiddiy xavf bölayotgan bölsa, binoda evakuatsiyaga yo tovuşli, yo ovozli tarzda topşiriq beriladi. Öşa vaziyatga qarab, har bitta avtomatik tutundan xabar beriş moslamalarida ikki soniyada yoki beş soniyada signal işlaydi. Lekin bunaqa uzoq vaqtni talab qilmaydi. Agarda tutun xabarlagiçga tutun kelsa, bunday vaziyatda beş soniyada yoki bir tört soniyada yoki 10 soniyada birdaniga signal ketadi. Undan uzoq bölib ketmaydi, çunki signal juda sezuvçan lazer böladi. Lazerni tutun tössa, u tutun bor deb buyruq beradi.
– Yonğin xavfi yuzaga kelgan vaqtda, deylik, butun binoni olov qoplab bölib, keyin signalizatsiya işlab ketişi ham mumkinmi? Ya’ni avtomatik qabul qiluvçi moslamalar uni sezmay qolişi va xodimlar uni közdan qoçirişi ham mumkinmi? Tajribangizda şunday holatlar kuzatilganmi heç?
– Agarda xavfsizlik tizimi yuqori ravişda qöyilgan bölsa yoki doimiy nazorat örnatilsa, unday bölmaydi. Agarda xavfsizlik tizimida taşqi holat ta’siri bölsa, misol uçun, ayrim binolarda yoki köngiloçar savdo maskanlari emas, boşqa bir oddiy oşxonalar, restoranlarni olsak, restoranlarda agarda dudburonda qiziş kuzatilib, tutab, uning içidagi yoğlar yonişni boşlasa, u oşxonadagi işçilar yoki u yerdagi xodimlar e’tiborsizlik bilan boşlanğiç vaqt 15-20 daqiqa yöqotib qöyilsa, ya’ni Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari öz vaqtida çaqirilmasa, birdaniga yonğin yuzaga kelişi mumkin. Çunki yonğin sodir bölganda tutun har doim yuqoriga qarab talpinadi. Heç qaçon u tutun pastga qarab ketmaydi. Qaçonki tutun yuqorida töplanib ketsa, pastga qarab talpinişni boşlaydi, ya’ni xonada kislorod kamayişni boşlaydi.
Mahsulotlar har xil yonadi. Yoğ yonsa, özidan bir boşqaça tutun çiqazadi. Alukabond mahsuloti yonsa, boşqaça tutun çiqadi. Har bitta mahsulotning yoniş xavfi, yonişining vaqti va özidan zaharli tutun çiqarişi bor. Xonada eng xavflisi tutun binoda töplansa, nima böladi? Xonadagi kislorod borgan sari kamayib boradi va inson nafas olişi qiyin böladi. Boş aylanişi, köngil aynişi kuzatiladi. Mana, qiş mavsumida is gazidan zaharlaniş degan tuşunça bor. U ham bölsa, hozirgi savolingizga javob. Is gazidan nimaga zaharlanadi? Xonada kislorod borgan sari kamayib boradi, tungi vaqtda inson uxlayotganda uni sezmaydi. Şuning uçun ta’msiz, hidsiz deb aytiladi. Inson uyqu vaqtida sezmaydi, koma holatiga tuşib qoladi va ölim bilan tugaydi.
– Yuqorida xodimlarning birmunça, birinçi vaziyatdagi harakatlarini aytib ötdingiz. Şuni oxirigaça sanab bera olasizmi, nima bölişi kerak odamlar xavfsiz nuqtaga yetib borguniça?
– Yonğindan xabar berilsa, xavfsizlik xodimlari birinçi navbatda signalni işga tuşiradi. Signal ketgandan keyin ham har bitta qavatga javob beruvçi xavfsizlik xodimi evakuatsiya taşkil qilinganini özi mustaqil, közi bilan kuzatib çiqadi. Ya’ni har bitta fuqaroni olib çiqadi. Çunki nimaga desangiz, u yerda imkoniyati çeklangan fuqaro bölişi mumkin yoki biror bir fuqaro huşdan ketib qolgan bölişi mumkin. Şuning uçun közi bilan kuzatib, barçaga xabar beradi va yoş bolalar yöldan çiqib qolsa, boşqa bir barça fuqarolarni evakuatsion eşikka qaratib çorlaydi. Çunki ayrim vaziyatlarda fuqarolar asosiy eşikka qarab harakatlanişi mumkin. Evakuatsiya çiqiş joyida köpinça fuqarolar asosiy eşikka qarab harakatlanadi. Unda xavfsizlik xizmati xodimlari kerakli, öziga yaqin turgan eşikka qarab yönaltiradi va şu yerdan fuqarolarning tezlik bilan binodan çiqib ketişini ta’minlaydi. Öşa vaziyatda baravariga videokuzatuvda ötirgan xavfsizlik xizmati xodimi bizga xabar beradi. Bizga xabar berilganda qutqaruvçilar yetib kelgunça, agarda odamlar binodan töliq evakuatsiya qilingan bölsa, yonğin öçirişga kirişiladi. Agarda binodan töliq evakuatsiya işlari taşkil qilinmagan bölsa, birinçi navbatda insonlarni qutqariş va evakuatsiya işlari amalga oşiriladi. Undan sönggina yonğin öçiriladi.
Mana misol qilib aytganda, şu vaziyatda [Aviator savdo markazidagi holat] ham ijtimoiy tarmoq vakillari menga savol berişdi: qanday vaziyat, nima bölgan deb. Şu vaziyatda ham birinçi qutqaruv bölinmalari yetib kelgan, u yerda tartibsizlik yuzaga kelgan va barça fuqarolar, ayrimlari köçaga talpingan, ayrimlari içkariga kirmoqçi bölgan. Çunki orqa eşikdan ham xizmatçilar, ya’ni işçilar ayrim bolakaylarni, fuqarolarni evakuatsiya qiliş işlarini boşlagan bölgan. Şu vaziyatda ularning yaqinlari orqa eşikdan çiqib ketgan. Şu vaziyatda ular özining farzandi içkarida deb öylab, içkariga talpingan va qutqaruvçilar barça fuqarolarni evakuatsiya qiliş va öşa vaziyatda qutqariş işlariga kirişgan.
– Aynan Aviatordagi holatda ham, masalan, bolalar maydonçasida qolib ketgan uç yoşli qizaloqning murdasi köp tanqidlarga, balki e’tirozlarga ham sabab bölyapti. Şu jihatdan bolani, umuman odam qolgan yoki qolmaganini qutqaruvçilar qanday biladi? Faqat öşa yerda bölgan fuqarolardan kelib çiqib, içkariga kirib qidirişadimi yoki qandaydir tizim ham bormi uni fiksatsiya qiladigan?
– Bizlarda qutqaruvçilar bilan doimiy amaliy-taktik maşğulotlar ötkaziladi. Köpgina yirik obektlarda qutqaruvçilar avtomobillar bilan kelib, katta bir amaliy maşğulot va maşqlar ötkaziladi. Qutqaruvçi har doim içkariga kirganda birinçi navbatda razvedka işlarini amalga oşiradi. Tutun yuqorida bölgani uçun aynan yerda paypaslab yurişadi, çunki tutun bor joyda köriş imkoniyati bölmaydi. Şuni aytib ötamanki, biror bir çiroq ham yordam bermaydi, agar tutun quyuq töplangan bölsa. Faqatgina qutqaruvçilar öz amaliyotidan kelib çiqib, paypaslab, insonlarni qidiriş va topiş işlari amalga oşiriladi. U vaziyatda yonğinni öçirişga emas, bizda tamoyil bor, ya’ni yonğin joyiga kelganda, bir neçta yonğinning faktorlariga qarab, qanday qutqariş işlari amalga oşirilişiga qarab, insonlar bor joyda birinçi navbatda moddiy-tovar boylik qançalik bölmasin, qançalik yonğin katta bölib ketiş xavfi bölmasin, insonlarni evakuatsiya qiliş va qutqariş işlariga kirişiladi va qutqaruvçilarga har xil turdagi maşğulotlar, ruhiy tayyorgarliklar maşğuloti ötkaziladi.
Şuningdek, Qurbonov yirik savdo markazlarida bolalar maydonçasi yuqori qavatlarining burçak qismlarida joylaşgan favqulodda vaziyatlarda öyingohdagilarning xavfsiz evakuatsiya qilinişiga ta’siri, obektlarda şoxobçalarning qanday joylaşişi va yonğin xavfsizlik talabi borasida ma’lumotlarni berib ötdi.
Töliq videoni yuqoridagi havola orqali tomoşa qilişingiz mumkin.