Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eksport tovarlari bojxona qiymatini rasmiylashtirish bo‘yicha alohida tartib joriy etildi
Adliya vazirligida Bojxona hududidan olib chiqiladigan tovarlarning bojxona qiymati deklaratsiyasini to‘ldirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Unga ko‘ra, eksport tovarlarining bojxona qiymati deklaratsiyasi elektron yoki qog‘oz shaklda rasmiylashtiriladi.
Foto: iStock
Adliya vazirligida Bojxona hududidan olib chiqiladigan tovarlarning bojxona qiymati deklaratsiyasini to‘ldirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami 3711, 2025 yil 24 noyabr).
Yo‘riqnomaga asosan, bojxona qiymati deklaratsiyasi elektron shaklda yoki qog‘ozda to‘ldiriladi. Deklaratsiyadagi ma’lumotlar to‘g‘riligi elektron shaklda — deklaratsiyalovchi shaxsning elektron raqamli imzosi (ERI), qog‘oz shaklida esa shaxsiy imzosi bilan tasdiqlanadi.
Bojxona qiymati deklaratsiyasi 2 ta asosiy varaqdan iborat:
- 1-varaq — deklaratsiyalanayotgan barcha tovarlarga taalluqli umumiy ma’lumotlar;
- 2-varaq — tovarlarning bojxona qiymatini aniqlashda foydalanilgan ma’lumotlar hamda qiymat miqdorining hisob-kitoblari.
Deklaratsiya taqdim etilgandan so‘ng, bojxona organi mansabdor shaxsi uning to‘g‘ri to‘ldirilganligini, shuningdek, tovarning e’lon qilingan bojxona qiymatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjudligini dastlabki tarzda tekshiradi.
Agar dastlabki tekshiruv natijasida kamchiliklar aniqlansa, ularni bartaraf etish maqsadida bojxona organi mansabdori deklaratsiyalovchi shaxsni darhol xabardor qiladi. Kamchiliklar bo‘lmasa, bojxona qiymati deklaratsiyasi rasmiylashtirish uchun qabul qilinadi.
Mazkur tartib eksport amaliyotlarini shaffoflashtirish, bojxona qiymatini to‘g‘ri belgilash va bojxona rasmiylashtiruvi samaradorligini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
09:04 / 03.04.2026
Rossiya benzin eksportini iyul oxirigacha to‘xtatdi
21:27 / 31.03.2026
O‘zbekiston ketma-ket besh oydan beri oltin sotmayapti
09:04 / 28.03.2026
Rossiya benzin eksportini to‘xtatdi
17:00 / 26.03.2026