Jahon | 12:22 / 13.12.2018
17071
2 daqiqa o‘qiladi

Aeroportlarda yo‘lovchilarning asabiga tegadigan eng asosiy narsalar ma'lum bo‘ldi

Foto: Getty Images

Odob-axloq qoidalari bo‘yicha ekspert Jo Brayant ikki ming britaniyalik o‘rtasida so‘rov o‘tkazdi va aeroportlarda yo‘lovchilarning asabiga tegadigan eng asosiy narsalar ro‘yxatini tuzdi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.

Sayyohlar o‘rtasida eng ko‘p norozilikka navbatsiz suqilib kirishga harakat qiluvchi yo‘lovchilar sabab bo‘ldi. Bu variant uchun so‘rovda ishtirok etganlarning 57 foizi ovoz berdi.

Reytingning ikkinchi qatoridan kutish zalidagi o‘rindiqlarga o‘z yuklarini qo‘yib qo‘yadigan sayohatchilar joy oldi (41 foiz). Keyingi pog‘onada - avvaldan tayyorlab qo‘ymagan pasporti tufayli navbatda turgan odamlarni kutishga majbur qiladiganlar (38 foiz). To‘rtinchi o‘rinda - xavfsizlik qoidalarini tushunmaydigan yoki ularga amal qilmaydiganlar (38 foiz), beshinchi - yukining og‘irligi haddan tashqari ko‘p bo‘lgan turistlar, ular chamadonlarini ochib, narsalarini qaytadan joylaydilar hamda odamlarni kuttirishadi (34 foiz).

Bundan tashqari, asabga tegadigan narsalar ro‘yxatiga aeroport ichida yugurib yuradigan yo‘lovchilar va birovning bagajini xato tufayli olib ketadigan turistlar kirgan. Shuningdek, so‘rovda ishtirok etganlar reysga o‘tirishdan avval yuzaga keladigan navbatdan ham norozilar.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid