Fan-texnika | 01:28 / 13.12.2018
10066
2 daqiqa o‘qiladi

Scania vodorodda ishlovchi dunyodagi ilk yuk mashinani ishlab chiqmoqda

Bugungi kunda yangi elektromobil modelini yaratganlik bilan uncha-buncha odamni hayratlantirish qiyindir. Elektr energiya amaliyotda qo‘llash mumkin bo‘lgan muqobil energiyaning yagona turi emas. Shvetsiyaning yuk mashinalari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Scania kompaniyasi yaqin orada vodorod yonilg‘isida ishlovchi dunyodagi ilk yuk mashinasi chiqarishini ma'lum qildi. Mashinaning nomi Renova bo‘ladi.

Bu antiqa mashina haqida kompaniya rahbarlaridan biri Marita Nilsson ma'lum qildi.    

Scania yuk mashinani yaratish doirasida Shvetsiyaning energetika agentligi va Stokholm Qirollik texnologiya instituti bilan hamkorlik qilmoqda.  Eng qiziq jihati, yuk mashinasi chiqindi tashuvchi mashina bo‘ladi.  

“Vodorodda ishlovchi yonilg‘i elementlarining qo‘llanishi chiqindi tashuvchi kabi og‘ir tijorat mashinalari uchun juda jalb qiluvchi hisoblanadi. Yuk mashinalar bu borada yengil mashinalardan ko‘ra afzalroqdir. 

Scania’ning vodorodda ishlovchi ilk yuk mashinasi 2019 yil oxiri-2020 yil boshida sotuvga chiqariladi. Shu davr ichida mashinaning ilk sinovlarini o‘tkazish belgilangan. Loyiha Shvetsiya hukumati bilan yaqin hamkorlikda olib borilmoqda. 

Mavzuga oid