Prezident Şavkat Mirziyoyev 7 fevral kuni bölib ötgan yiğilişda transport infratuzilmasini rivojlantiriş çora-tadbirlarini ma’lum qildi.
Mahalliy ekspeditorlarning xalqaro yuk taşişdagi uluşini oşiriş maqsadida ular QQS tölaşdan ozod etildi. Natijada Transport vazirligi joriy yilda ularning uluşini 25 foizga, 2026 yilgaça esa 50 foizga oşirişi kerak.
«Yevro 5» va undan yuqori ekologik standartlarga javob beradigan yuk maşinalari 2021 yil avgustidan 2025 yil 1 yanvarigaça bojxona bojlari va utilizatsiya yiğimlaridan ozod etilgandi. Prezident mazkur imtiyozni yana uç yilga (2028 yilgaça) uzaytirişni ma’qulladi.
Şavkat Mirziyoyev mas’ul mutasaddilarga xususiy aviakompaniyalar bilan hamkorlikda Samarqand, Buxoro, Urganç, Nukus va Termizga parvozlar sonini ikki barobar oşiriş, şuningdek, joriy yilda havo qatnovlari hajmini kamida 20 foiz köpaytiriş, 15 million yölovçiga xizmat körsatiş çora-tadbirlarini işlab çiqişni topşirdi.
Davlat rahbari Toşkent, Yangiyöl, Çinoz va Sirdaryo tumanlari örtasida qatnovçi zamonaviy elektropoyezd qatnovini tezlaştiriş zarurligini ham ta’kidladi.

















