Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston energetikasida vodorod ishlab chiqarishni joriy etish masalalari ko‘rib chiqildi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qo‘mitasi Ekologik partiya fraksiyasi bilan hamkorlikda o‘tkazgan yig‘ilishda vodorod texnologiyalarini joriy etish istiqbollari, iqtisodiyotni energiya resurslari bilan ishonchli ta’minlash va energiya samaradorligini oshirish masalalari muhokama etildi.
Foto: iStock
Yig‘ilishda deputatlar, vazirlik va idoralar, ilmiy muassasalar va ekspertlar hamjamiyati, jamoat tashkilotlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi. Ta’kidlanishicha, iqlim o‘zgarishi va ifloslanish sharoitida qayta tiklanuvchi manbalardan foydalanish hamda ekologik toza yoqilg‘ilarga o‘tish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Qayd etilishicha, vodorod yonilg‘isi yonishi natijasida asosan suv bug‘i hosil bo‘ladi va u organik yonilg‘ilarga nisbatan yuqori energiya sig‘imiga ega. Taklif-tavsiyalarda “yashil” vodorodni sanoat miqyosida ishlab chiqarishni tartibga soluvchi hujjatlarni amaliyotga izchil joriy etish zarurligi bildirildi.
Yig‘ilish doirasida quyosh va shamol manbalaridan olinadigan elektr energiyasida ishlaydigan, vodorod texnologiyasi tizimlari bilan uyg‘unlashgan gibrid avtonom-texnik majmua taqdimoti o‘tkazildi. Ushbu yechim energetika tizimi barqarorligi va samaradorligini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Deputatlar vodorod energetikasi yo‘nalishida ilmiy ishlanmalarni amaliyotga jadal tatbiq etish, energiya xavfsizligini mustahkamlash va jamoatchilik xabardorligini oshirish muhim ekanini qayd etdi. Yakunda davlat organlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari va olimlar o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirishga doir tavsiyalar ishlab chiqildi.
Mavzuga oid
10:00 / 14.12.2025
Naqdsiz savdo talabi, metanga cheklov va korrupsiyaga qarshi klaster - hafta dayjesti
17:48 / 13.12.2025
Vodiyda metan-shoxobchalarga konteynerlarda gaz tashish sinab ko‘riladi
15:55 / 11.12.2025
O‘zbekistonda 3,5 GVt quvvatga ega qayta tiklanuvchi energiya obektlari qurilishi boshlandi
23:13 / 05.12.2025