O‘zbekiston | 19:09 / 14.12.2018
20782
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda yana bir agentlik tashkil etildi

Foto: Dreamstime

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar bermoqda.

Qarorga muvofiq, prezident qarori bilan tashkil etilgan Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkiliy jihatlari belgilab berildi.

Xususan, Agentlikka tegishli vazirliklar bilan davlat tili, rus tili va boshqa tillarda batafsil ma'lumot olish imkoniyatini beradigan davlat-xususiy sheriklikning yagona axborot portalini ishlab chiqish hamda ishga tushirish vazifasi topshirildi.

Shuningdek, qaror bilan tegishli Nizom ham tasdiqlanib agentlikning asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va faoliyatini tashkil etish tartibi belgilandi.

Agentlik davlat-xususiy sheriklik sohasidagi yagona davlat siyosatini yuritish bo‘yicha maxsus vakolatli organ etib belgilandi.

Agentlikka prezident tomonidan lavozimga tasdiqlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor - moliya vazirining o‘rinbosari rahbarlik qiladi.

Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligi bo‘yicha muntazam baholanib boriladi. Baholash yakunlariga ko‘ra, Agentlik rahbarlari va xodimlarini rag‘batlantiriladi yoki aksincha, ularga nisbatan intizomiy javobgarlik chorasi qo‘llaniladi.

Mavzuga oid