Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda videoselektor: Prezident joylardagi ijro organlarini tanqid qildi
Qarshi shahrida viloyat va tumanlar hokimlari, sektorlar rahbarlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashqi bozorlarga chiqish, har bir sohani isloh qilishdan maqsad xalqimiz manfaatini ta'minlash ekanini ta'kidladi.
«Mana ko‘ryapsizlar, deyarli har kuni farmon, qaror chiqyapti. Ularning ustida tashkilotlar, ekspertlar oylab, yillab ishlaydi. Bu farmon, qarorlarni ishlab chiqish azob. Ularni amalga oshirish o‘n karra azob», - deya davlat rahbarining so‘zlarini keltirgan prezident matbuot xizmati.
Joylardagi ijro organlari sustkashlikka, jamoatchilik ulardan talab qilishda befarqlikka yo‘l qo‘yayotgani tanqid qilindi.
«Xalqimiz yaxshi yashashini, rivojlangan davlatlar qatoriga chiqishni istaymiz. Lekin hech kim mehnatsiz, mashaqqatsiz natijaga erishmagan, erisholmaydiyam! Prezident kelib yo‘nalish beradi, vazifa qo‘yadi. Ularni kim amalga oshiradi? Odamlar qachon uyg‘onadi? Biz ancha narsada kechikkanmiz. Agar endiyam uyg‘onmasak oldimizga qo‘ygan katta maqsadlarimizga yetolmaymiz. Birov kelib biz uchun hech narsa qilib bermaydi», - degan Shavkat Mirziyoyev.
Prezidentimiz dunyodagi raqobatga munosib bo‘lish, birni ikki qilish uchun har bir rahbar, har bir yosh har kuni o‘qishi, o‘zini qiynashi, izlanishi kerakligini ta'kidladi.
Yig‘ilishni videoselektor orqali keng jamoatchilik vakillari kuzatib bormoqda.
Mavzuga oid
22:01 / 13.06.2026
Qashqadaryoda qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olish holatlari fosh etildi
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
08:29 / 26.05.2026