Jahon | 11:47 / 17.12.2018
3856
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh maxsus vakili Seulga tashrif buyuradi

Foto: AFP

AQShning KXDR bo‘yicha maxsus vakili Stiven Bigan bu hafta Janubiy Koreyaga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda. Bu haqida «Ryonxap» xabar qildi.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, Bigan janubiy koreyalik hamkasbi Li Du Xun bilan Shimoliy Koreyaning yadrosizlanishiga aloqador vaziyatni muhokama qilish niyatida.

Qayd etilishicha, tomonlar Koreyalararo iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha qator loyihalarni sanksiyalardan olib tashlash to‘g‘risida fikr almashishni ham mo‘ljallagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq KXDR AQShning yangi sanksiyalarini siyosiy provokatsiya deb atagandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid