Jahon | 16:03 / 17.12.2018
6733
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh va «Tolibon» vakillari BAAda uchrashuv o‘tkazmoqchi

«Tolibon» harakati vakillari AQSh delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazadi. Bu haqda Geo TV telekanali toliblar matbuot kotibi Zabiullo Mujohidga asoslanib xabar berdi. 

Kanalning xabariga ko‘ra, Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda shuningdek, BAA, Pokiston va Saudiya Arabistoni delegatsiyalari ham ishtirok etadi.

Ayni paytda AQShning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Xalilzod qator mamlakatlar bo‘ylab turne o‘tkazmoqda. U turne doirasida Afg‘onistondagi nizoni tinch yo‘l bilan hal qilish istiqbollarini muhokama qiladi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid