Jamiyat | 13:45 / 17.12.2018
26343
1 daqiqa o‘qiladi

Qibrayda ayol kishining jasadi topildi. IIV gumonlanuvchi shaxsni qo‘lga oldi

Foto: KUN.UZ

Shu yilning 12 dekabr kuni Toshkent viloyatining Qibray tumanida fuqaro G.K. (ayol)ning jasadi topilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

O‘tkazilgan sud-tibbiy ekspertizaning xulosasiga ko‘ra, u "nafas yo‘llarini qon bilan berkilishi, aspiratsiya natijasida kelib chiqqan mexanik asfiksiya, burun suyagining yopiq siljib sinishi, bosh miya va o‘pka shishi"dan vafot etganligi aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi N.M. sodir etganlikda gumonlanib, qo‘lga olingan. 

Tergov davom etmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid