Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abdulaziz Komilov Avstriya elchisi bilan nimalarni muhokama qildi?
Foto: TIV axborot xizmati
2018 yilning 18 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Avstriya Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi (qarorgohi Vena shahrida) etib tayinlangan Alois Krautni qabul qildi.
TIV xabariga ko‘ra, vazir elchining ishonch yorliqlarini qabul qilar ekan, uni mas'uliyatli lavozimga tayinlangani bilan tabrikladi va muvaffaqiyatlar tilagan.
Suhbat chog‘ida hamkorlikning deyarli barcha sohalarida ikki tomonlama aloqalarning jadal va izchil tus olgani qayd etildi, deyiladi xabarda.
Abdulaziz Komilov Avstriyaning 31 dekabr kuni yakunlanayotgan Yevropa ittifoqidagi muvaffaqiyatli raisligini alohida qayd etdi.
Uchrashuvda ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni kengaytirish, jumladan tashriflar almashish va qo‘shma biznes-forumlarini o‘tkazishdan tomonlar manfaatdorligi tasdiqlandi.
Ta'kidlanganidek, tomonlar madaniy-gumanitar hamkorlikka katta e'tibor qaratmoqda. Shu o‘rinda Toshkent iqtisodiyot universitetida Avstriya amaliy fanlar universiteti bilan hamkorlikda ilg‘or dasturlar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashi rejalashtirilayotgan mintaqamizdagi ilk fakultet ochilishi muhim voqea hisoblanadi.
Qayd etilishicha, suhbat chog‘ida ayrim xalqaro siyosiy masalalar muhokama qilingan.
Mavzuga oid
09:00 / 22.05.2026
Abdulaziz Komilov Xorvatiya bosh vaziri bilan muzokara o‘tkazdi
08:29 / 21.05.2026
Avstriyada sobiq razvedka xodimi RF uchun josuslikda ayblanmoqda
08:47 / 11.05.2026
Avstriya o‘zbekistonliklar uchun yangi ish o‘rinlari ochmoqchi
12:23 / 02.05.2026