Sud hay’ati 63 yoşli Egisto Ottning 2015–2022 yillar davomida maxfiy ma’lumotlarni Rossiya tomoniga yetkazganini isbotlangan deb topdi. U Avstriyaning tugatilgan Federal konstitutsiyani himoya qiliş va terrorizmga qarşi kuraş boşqarmasi (BVT)ning sobiq xodimi hisoblanadi.

Tergov ma’lumotlariga köra, Ott Wirecard kompaniyasining sobiq top-menejeri Yan Marsalek bilan hamkorlik qilgan. Marsalek 2020 yilda Rossiyaga qoçib ketgan va xalqaro qidiruvga berilgan.

Hukm hozirça kuçga kirmagan. Çunki Egisto Ott sud zalining özidayoq apellyatsiya bergan. U AFP agentligiga bergan intervyusida heç qaçon Rossiya maxsus xizmatlariga ma’lumot uzatmaganini va barça harakatlari qonun hamda rahbariyat körsatmalari doirasida bölganini aytgan.

Prokuratura versiyasiga köra, Ott Yevropa ma’lumot bazalaridan foydalanib, Rossiyadan qoçib çiqqan fuqarolar, jurnalistlar va sobiq razvedka xodimlari haqida ma’lumot töplagan. Şuningdek, u Italiya va Buyuk Britaniyaga “qöllab-quvvatlaş sörovlari” yuborgani aytilmoqda.

Ayblov tomoni Ott Avstriya Içki işlar vazirligining bir neçta yuqori lavozimli amaldorlariga tegişli mobil telefonlarni Moskvaga yetkazganini ham ma’lum qildi. Bu orqali Rossiya minglab aloqalarga kiriş imkoniga ega bölgani va Avstriyada yaşayotgan ukrain hamda çeçen qoçqinlarining xavfsizligi xavf ostida qolgani ta’kidlanmoqda.

AFP agentligining yozişiça, avstriyalik tergovçilar Ottni 2019 yilda Berlinda çeçen qömondoni Zelimxan Xonqoşvilining öldirilişi bilan boğlovçi hujjatni ham topişgan. Qotillik Rossiya agenti Vadim Krasikov tomonidan amalga oşirilgani aytilgan.

Prokuratura mazkur hujjatni “Yevropa Ittifoqi hududida kelgusida muvaffaqiyatli suiqasdlar uyuştiriş böyiça qöllanma” deb atagan. Dpa agentligi ma’lumotiga köra, Xonqoşvili öldirilganidan va Krasikov qölga olinganidan ikki hafta ötib, Ott operatsiyadagi xatolar tahlili hamda razvedka ma’lumotlariga asoslangan qotilliklar böyiça tavsiyalar tayyorlagan.

Prokurorning ta’kidlaşiça, uşbu hisobot Avstriya hukumatining topşiriği bilan tayyorlanmagan, çunki “Avstriya xorijda odam öldiriş böyiça topşiriq bermaydi”.