Jahon | 01:00 / 18.12.2018
4872
1 daqiqa o‘qiladi

BMT Bosh assambleyasi qochqinlar haqidagi Global kelishuvni qabul qildi

BMT Bosh assambleyasi 17 dekabrda qochqinlar haqidagi Global kelishuvni qabul qildi. Unga 181 ta davlat ovoz bergan, 2 davlat qarshi chiqqan, 3 davlat betaraflik bildirgan.

2016 yilda qabul qilingan qochqinlar va muhojirlar haqidagi Nyu-York deklaratsiyasi davomi sifatida paydo bo‘lgan ushbu kelishuv qochqinlarni qabul qiluvchi davlatlarga yuklamani kamaytirish va qochqinlarning o‘z-o‘zini ta'minlash imkoniyatini yaxshilashga chaqiradi.

Bundan tashqari, hujjat qochqinlarning yurtlarida ularning xavfsiz va munosib qaytishlari uchun sharoitlarni yaratishda ko‘mak berishni nazarda tutadi. 

BMTning qochqinlar bo‘yicha oliy komissari Filippo Grandi hujjatning qabul qilinishi munosabati bilan “qochqinlar bilan 34 yillik ishi davomida qochqinlar uchun javobgarlikning keng taqsimlanishi bo‘yicha eng katta sa'y-harakatlar guvohiga aylanganini” ta'kidlab o‘tgan.

Mavzuga oid