Jahon | 00:24 / 18.12.2018
4603
2 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an: Tramp Turkiyaning Suriyadagi yangi harbiy amaliyotini ma'qullagan 

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an AQSh prezidenti Donald Tramp Turkiyaning Suriyada yangi amaliyotni o‘tkazishini ma'qullaganini ma'lum qildi. Bu amaliyot Frot daryosidan sharq tomonda joylashgan kurd tuzilmalariga qarshi o‘tkazilmoqchi.   

“Suriyada IShID qolmadi, undan bahona sifatida foydalanilmoqda. Biz u yerda terrorchilik yo‘lagining tashkil etilishiga yo‘l qo‘ymaymiz. Biz tomondan Suriyada uchta operatsiya o‘tkazildi, endi navbat Frotdan sharq tomonga keldi. Frotning sharqidagi terrorchilarni himoya qilayotganlarga murojaat qilmoqchiman: siz xato qilmoqdasiz, bundan voz keching”, deb aytgan Erdo‘g‘an Ko‘nyadagi namoyishdagi nutqida.

Erdo‘g‘anning aytishicha, turk harbiylari Suriyada oxirgi terrorchi yo‘q qilinmaguncha va “ozod saylovlar” o‘tmaguncha uning hududini “titib chiqadi”. “Biz Suriya hududida 500 kmlik chegaramiz bo‘ylab AQSh harbiylariga ziyon yetmaydigan holda istalgan vaqtda amaliyotni boshlashimiz mumkin”, deb o‘z so‘zlarini yakunlagan Erdo‘g‘an. 

Erdo‘g‘an suriyalik kurdlar otryadlariga qarshi yangi amaliyot boshlanishi haqida birinchi marcha 12 dekabrda so‘z ochgan.

Vashingtonda bunga salbiy munosabat bildirilgan. Jumladan, Pentagon vakili Shon Robertsonning ta'kidlashicha, Turkiyaning Suriya shimoli-sharqida bir tomonlama harbiy harakatlar olib borishi nomaqbul hisoblanadi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid