Fan-texnika | 08:55 / 18.12.2018
9305
2 daqiqa o‘qiladi

Huawei displeyida selfi uchun “darchasi” bor smarchfonni taqdim qildi 

Foto: Huawei

Huawei kompaniyasi tepa qismida “qoshi” bo‘lmagan Nova 4 smarchfonini taqdim qildi. Kompaniya “qosh” o‘rniga displeyning burchagida darcha ochib, u yerga 25 Mpli selfi-kamerani joylashtirdi.

Nova 4 smarchfoni 2310 x 1080 pikselli 6,4-dyuymli ekran, 8 Gb tezkor xotira, 128 Gb ichki xotira, orqa qopqog‘ida barmoqlar skaneri, 3750 mA•soatlik akkumulyator va 18 vattli adapterga ega “tez quvvatlash” funksiyasi bilan jihozlangan.

Foto: Huawei

Qurilmaning orqa qismida 48 Mpli uchta kamera joylashgan. Smarchfon Kirin 970 protsesssorida ishlaydi.

Qurilmaning minimal xarakteristikalarga ega varianti 450 dollar turadi. Biroq unda orqa kamera sifati 48 Mpni emas, 20 Mpni tashkil qiladi. Qurilmaning eng qimmat varianti 490 dollar turadi. 

Foto: Huawei
Foto: Huawei

10 dekabrda ham Huawei’ning Honor brendi yuqoridagi smarchfonga o‘xshash View 20 smarchfonini taqdim qilgandi: bu qurilma ham 48 Mpli uch kamera va selfi-kamera uchun “darcha” bilan jihozlangan. Biroq qurilma yangi avloddagi Kirin 980 protsessorida ishlaydi. Shu kunning o‘zida Samsung ham yangi A8s smarchfonini taqdim qilgan. Unda ham displeydagi “darcha” hisobiga “qosh”dan voz kechilgan.

Foto: Huawei

Mavzuga oid