Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Messi «Barselona»da yana bir rekord o‘rnatdi
Ispaniya chempionatining 16-turida «Barselona» «Levante»ni 5:0 hisobida mag‘lub etgan edi.
La Liga rasmiy tvitterida ma'lum qilinishicha, Messi yakshanba kuni Primeradagi 323-g‘alabasini qo‘lga kiritgan. U chempionatdagi yutuqli o‘yinlar soni bo‘yicha klub rekordchisi – Xavidan (322) o‘zib ketgan.
Eslatib o‘tamiz, har ikkala futbolchi ham «Barselona» tarbiyalanuvchilari sanaladi. Xavi 1998-2015 yillarda ko‘k-anorrang libosda to‘p surgan, ayni paytda esa Qatarning «Al-Sadd» klubida o‘ynayapti.
31 yoshli Messi esa La Ligada 2004 yil 16 oktabr kuni debyut qilgan. U – 572ta gol muallifi – «Barsa» tarixidagi eng yaxshi to‘purardir. Bu borada eng yaqin ta'qibchisi – Sesar Rodriges undan ikki barobardan ham kamroq – 232ta gol urgan.
Mavzuga oid
20:37 / 16.05.2026
Levandovski «Barselona»ni tark etishini e’lon qildi
02:34 / 11.05.2026
"Barselona" "Real" bilan o‘yinda Ispaniya chempioniga aylandi. Bunaqasi ilk bor ro‘y berdi
20:32 / 10.05.2026
“Barselona” bosh murabbiyining otasi “El Klasiko” kunida vafot etdi
11:26 / 03.05.2026