Jahon | 16:30 / 19.12.2018
40264
2 daqiqa o‘qiladi

Bir qo‘lda Qur'on-u, boshqasida zamonaviy texnologiyalar

Foto: Anadolu

Xitoyning Shanxay shahrida Robototexnika bo‘yicha butundunyo ta'lim musobaqasi (WER 2018 World Championship Contest) bo‘lib o‘tdi. Turkiya sharafini himoya qilish uchun esa yoshi 10 – 12 oralig‘idagi 11 hofiza o‘quvchi qizlar qatnashgan va “Eng taniqli jamoa” yo‘nalishida g‘oliblikka loyiq ko‘rilgan.

Foto: Anadolu

Jajji hofizalar Turkiyaning Ko‘nyo shahridan kelgan. Ular Bedir ta'lim markazining qizlar uchun Qur'on kursi tinglovchilari hisoblanishadi. Markazda 300 qiz tahsil oladi. Ta'lim markazida xayriya hisobidan Robot kodlashtirish atelesi ham ochilgan bo‘lib, qizlar u yerda algoritmlar, kod yozish va yuqori texnologiyalarni o‘rganadi.

Foto: Anadolu

Ma'lumot uchun, Robototexnika bo‘yicha butundunyo ta'lim musobaqasining saralash bosqichida 3 – 18 yosh oralig‘idagi 500 ming yosh, yakuniy bosqichida esa 50 davlatdan yetti ming ishtirokchi qatnashgan. Musobaqa esa uch kun davom etgan.

Foto: Anadolu
Foto: Anadolu
Foto: Anadolu

 

Mavzuga oid