Davlat departamenti Turkiyaga Patriot tizimlarini sotib olishga ruxsat berdi
AQSh Davlat departamenti Amerikaning Patriot raketalarga qarshi mudofaa tizimini sotish bo‘yicha ehtimoliy kelishuvni ma'qulladi. Bu haqda RIA «Novosti» Pentagonning mudofaa va xavfsizlik sohasidagi agentligiga asosan xabar bermoqda.
10 yil davomida Turkiya 20ta uchirish qurilmasi va 80ta tutib oluvchi raketalarga ega to‘rtta Patriot komplekslarini sotib olish uchun AQShdan ruxsat so‘ragan. Davlat departamenti 3,5 milliard dollarlik kelishuvni ma'qulladi.
Davlat departamentidan ta'kidlashlaricha, agar Turkiya Amerikaning raketalarga qarshi mudofaa tizimini sotib olishga qaror qilsa, unda u o‘zining hududiy yaxlitligini himoya qila oladi va mintaqaviy tahdidlarni bosib turadi.
«Taklif qilinayotgan sotuv turk harbiylarining dushmanlar tajovuzkorligiga qarshi mudofaa imkoniyatlarini hamda NATO bo‘yicha ittifoqchilarni himoya qila olish qobiliyatini oshiradi. NATO bo‘yicha ittifoqchilar Turkiya hududida mashq o‘tkazishlari va harakat qilishlari mumkin bo‘ladi», - deya qayd etiladi Davlat departamenti xabarida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya AQShning muvaffaqiyatsiz urinishlari haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
23:09 / 05.10.2024
Gvatemalada o‘zbek migrantlari kontrabandasi bilan shug‘ullangan politsiyachilar hibsga olindi
15:16 / 05.10.2024
Putin administratsiyasidan AQShga qochgan mulozim
11:10 / 05.10.2024
AQSh Yamandagi husiychilar nishonlariga raketa zarbalari berdi
09:50 / 05.10.2024