O‘zbekiston | 17:40 / 19.12.2018
29642
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda «qora» bozorda dollar 8450 so‘mdan sotilmoqda

Foto: KUN.UZ

Toshkentda 7900 AQSh dollarini 66,7 mln so‘mga noqonuniy ravishda sotgan ikki shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.

«Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi hamda Mirzo-Ulug‘bek tuman bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar B. va U.lar har bir AQSh dollarini «qora bozor» narxida 8450 so‘mdan hisoblab, 7.900 AQSh dollarini 66,7 mln so‘mga noqonuniy ravishda sotgan vaqtda ushlanganlar. Ulardan 7900 AQSh dollari ashyoviy dalillar sifatida olingan», - deyiladi xabarda.

Mazkur holat yuzasidan fuqarolar B. va U.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 17 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2018 yil 18 dekabrdan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan quyidagi qiymatini belgilagandi.

Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 12,95 so‘mga ko‘tarilgan va 1 dollar 8325,59 so‘mni tashkil etgan.

Mavzuga oid