Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Prezident ham «Paxtakor»ga muxlislik qiladi» - Alisher Usmonov
Asli kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan rossiyalik milliarder Alisher Usmonov Rossiyaning Forbes nashriga intervyu berdi. Unda tadbirkor «Paxtakor» futbol klubi haqida ba'zi ma'lumotlar bilan bo‘lishdi.
Forbes: «O‘zmetkombinat» va «O‘zikkilamchiranglimetall» SFI guruhi tomonidan boshqarilmoqda. Kompaniya kuzatuv kengashining raisi - milliarder Fattoh Shodiyevning qarindoshi Bobur Shodiyev. SFI - bu Fattoh Shodiyevning guruhimi?
«Yo‘q, bu noto‘g‘ri. SFI uning akasi, mening do‘stimning oilasiga tegishli. Bizning «Metalloinvest» kompaniyamiz uning kompaniyasi bilan ishlaydi. Yaqinda SFI «Paxtakor» FKning 80 foizini sotib oldi. Biz bu jamoaga ishqibozlik qilamiz. Prezident ham bu klubning muxlisi.
Albatta, biz uni qayta tiklashni istaymiz - avvaliga Osiyo chempioni bo‘lishini, keyin esa jiddiy kuboklar uchun kurash olib borishini. Agar SFI «Paxtakor»ni rivojlantirsa, men tushunadigan va menga yoqadigan narsani qilsa, unda men barcha imkoniyatlarim bilan yordam berishga tayyorman. Ammo, bu men «Paxtakor»ning aksiyadori yoki egasi bo‘lishni xohlayman, degani emas», - deydi Usmonov.
Mavzuga oid
17:43 / 25.04.2026
Superliga. «Paxtakor» va «Neftchi» ta’qibchilardan ilgariladi
17:07 / 20.04.2026
Superliga. Peshqadamlar poygasi va «Bunyodkor»dan superkambek
21:18 / 09.04.2026
«Paxtakor» Farg‘onada «Neftchi»ni mag‘lub etib, Superligada peshqadam bo‘lib oldi
09:00 / 21.03.2026