Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sulsherga transferlar uchun katta mablag‘ beriladi
«Manchester Yunayted»ning yangi bosh murabbiyi, mavsum oxiriga qadar bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan Ole-Gunnar Sulsherga qishki transferlar uchun katta mablag‘ ajratiladi.
Mirror nashri xabar tarqatishicha, norvegiyalik mutaxassis yanvarda tarkibni kuchaytirish uchun 50 million funt (64 million yevro) oladi.
Qayd etilishicha, qishki transferlar chog‘ida «Manchester Yunayted» markaziy himoyachi va o‘ng qanot yarimhimoyachisini sotib olishni ko‘zlamoqda. Bu nuqtalarga asosiy da'vogarlar - Tobi Alderveyreld («Tottenhem») va Duglas Kosta («Yuventus»).
Shuningdek, «Napoli» himoyachisi Xolid Kulibali, «Portu» himoyachisi Eder Militao ham manchesterliklar nishonidagi futbolchilar sanalishadi.
«MYu» Angliya chempionatida 17 turda atigi 7 g‘alabaga erishdi va ayni vaqtda chempionat peshqadami «Liverpul»dan 19 ochko ortda qolgan holda 26 ochko bilan oltinchi o‘rinda joylashgan. Qoniqarsiz natijalar tufayli rahbariyat Joze Mourinoni ishdan bo‘shatdi.
Mavzuga oid
15:40 / 06.02.2026
Qishdagi asosiy transferlar: «Siti» yana faol, Endrik «baxti»ni topdi, Saudiyada mojarolar
20:12 / 02.02.2026
Qishki transferlarning so‘nggi kunidagi 10 intriga
16:36 / 22.12.2025
Semenyo – qishki transferlardagi asosiy aktiv. U qaysi klubga o‘tadi?
16:10 / 07.02.2025