Semenyo – qişki transferlardagi asosiy aktiv. U qaysi klubga ötadi?
|21:36 / 22.12.20257 95812 min
Yanvarning ilk kunlari Angliya matbuotida Antuan Semenyo yangiliklarning asosiy qahramoniga aylanişi kutilmoqda. APLning «Mançester Siti», «Liverpul», «Mançester Yunayted», «Tottenhem» kabi top-klublari «Bornmut» vingeri uçun raqobatga kirişgan.
Foto: Robin Jones - AFC Bournemouth/Getty ImagesFoto: Robin Jones - AFC Bournemouth/Getty Images
Antuan Semenyo kim özi?
Ha, futbol özgardi. 65 million funt atrofida transfer narxi tölanişi mumkin bölgan futbolçi haqidagi mulohazalarni mana şunday savol bilan boşlaş kulgili tuyulmaydi. «Bornmut» öziga yaraşa qiziq, tomoşabop futbol körsatib kelayotgan bölsa-da, ingliz futbolidan biroz uzoq bölgan örtaça muxlisga bu jamoa ham, Semenyo ham notaniş tuyulişi mumkin.
Antuan Serlom Semenyo – 25 yoşli ganalik futbolçi, «Bristol Siti» tarbiyalanuvçisi. 2023 yil yozida «Bornmut» uning transferi uçun 10 million funt tölagan va öşa yili fevral oyida Semenyo APLda debyut qilgan. Uç mavsum davomida futbolçi ança ösdi va ayni paytda top-klublarda öynamaydigan eng asosiy yulduzga aylandi. Ötgan mavsumda «Bornmut» tarkibida 11 gol va 5 assist qayd etgan futbolçi joriy mavsumda gol+pas böyiça allaqaçon 11 oçkoga (8+3) ega va bu borada faqat Erling Holanddan (19+4) va Bruno Fernandeş (5+7)dan ortda.
Foto: Robin Jones — AFC Bournemouth/Getty Images
Semenyo amplua böyiça çap qanot vingeri, ammo har ikki oyoqda ham birdek öynay oladi. «Bornmut» safida ham nafaqat çap, balki öng qanotda, ba’zi öyinlarda markaziy hujumçi sifatida ham maydonga tuşgan. Mana şu universalizm murabbiyga öyin paytida qöşimça özgartirişlar kiritişga imkon beradi. Misol uçun, yaqinda «MYu»ga qarşi öyinni Antuan çap qanot vingeri sifatida boşladi, lekin raqibning bu qanotida Amad va Mbeumo juftligi kuçli tandem hosil qilgandi. Andoni Iraola esa darhol tuzatiş kiritib, himoyaviyroq bölgan Aleks Ximenesni çapga oldi. Semenyo esa öng qanotga ötib, ança erkin öynay boşladi va bölim oxirida gol urdi.
Nega hamma Semenyoga xaridor?
Eng asosiy sabab, «Bormunt» va futbolçi tomonidan kelişilgan klasula, ya’ni tovon puli. Aslida Semenyo yaqinda, 2025 yil yozida jamoa bilan şartnomani yangilagan bölsa-da, uşbu kelişuvga köra futbolçi uçun 65 million funt miqdorida tovon puli belgilangan. Bu degani, agar futbolçi ketişni istasa, har qanday klub mana şu summani tölaydi va transfer amalga oşadi. Bunday kelişuvlarning sababi, klub şartnoma muddati tugab borayotgan futbolçini qöyib yuborgisi kelmaydi, şuning uçun har ikki tomon uçun qoniqarli kelişuvga qöl uradi. Yozda Uattara, Hausen, Zabarniy, Kerkez, Kepa kabi futbolçilardan ayrilgan «Bormunt» Semenyoni ham yöqotişni istamasligi tabiiy. Ammo vaqt ötişi bilan şartnoma muddati tugab, futbolçining transfer narxi arzonlab ketişi ham mumkin.
Mavzuga oid
Semenyo sobiq jamoadoşi Din Hausen bilan
Foto: Ed Sykes/Getty Images
Öz navbatida, Semenyo uçun ham qulay kelişuv – göyoki kattaroq maoş, yangi şartnoma, ammo erkinlik uning özida qoladi. Şuning uçun tomonlar tovon puli belgilaşga qaror qilişadi – uning transfer narxi 2026 yil 1 yanvaridan 65 million funt böladi, yozga borib esa 60 million funtga tuşadi.
Ötgan yozda klublar juda faol bölişdi va köplab yulduz futbolçilar klublarini özgartirişdi – Madueke, Eze, Kunya, Mbeumo, Quddus kabi futbolçilar aynan Semenyo darajasidagi futbolçilar. Aytiş mumkinki, ularning har biri hozirça işonçni oqlamoqda, ya’ni APL doirasida kiçik klubdan katta klubga ötiş deyarli kafolat darajasiga çiqdi. Semenyoning tovon puli mana şu transferlar narxiga nisbatan katta emas, deyarli minimal summa. Tabiiyki, uzoq davom etadigan muzokaralar, futbolçini qölga kiritiş uçun raqobat har bir top-klubni tezroq harakat qilişga undamoqda. Qisqasini aytganda, ayni damda Semenyo vitrinada turgan javohir – muayyan summani tölaysiz va u sizniki.
Şu bilan birga, 5 million funtlik çegirma faqat 10 yanvargaça amal qiladi. Agar şu muddat içida kelişuv amalga oşmasa, «Bornmut» futbolçisini yozgaça öz safida saqlab qolişi mumkin. Bu ham qaysidir ma’noda xaridorlarni şoşilişga undamoqda. Bu transfer haqida xabarlar nisbatan ança erta boşlagani va balki qişki oynaning ilk katta xaridlaridan biri bölişi mumkinligining sababi şu.
Yana bir jihat, ayni payt Semenyoni klubni almaştirişga köndiriş uçun osonroq palla ekani. «Bornmut» mavsumni juda yaxşi boşladi va bir muddat yetakçilar qatorida ketayotgandi. Lekin keyinçalik pasayiş kuzatildi va hozirda Iraola şogirdlari jadvalning ikkinçi yarmiga tuşib ketişdi. Ya’ni klub ham, futbolçi ham ikkinçi davrada kuraşiş uçun jiddiy motivatsiya qolmaganidan, transferga qarşi bölmasligi mumkin. Narxni oşiriş, variantlarni köpaytiriş uçun yozni kutişdan ma’no yöq.
Mançester klublariga Semenyo nima uçun kerak?
Fabritsio Romanoning aytişiça, «Mançester Siti» va «Mançester Yunayted» futbolçi uçun jiddiy kuraşga kirişgan. Avvaliga «Liverpul» va «Siti» örtasida kuraş ketayotgandi, ammo sönggi kunlarda «Yunayted» ham faollaşdi va imkon qadar tezroq harakat qilişga urinmoqda. Pep Gvardiola jamoasi favorit sanalayotgan bölsa-da, ba’zi manbalar yozişiça, klub kelasi yozdan keyin ham Gvardiola jamoada qolişi böyiça heç qanday kafolat bermagan. Pepning özi ham bu masalada ança mavhum javoblar bermoqda. «MYu» esa bundan foydalanişi va futbolçiga aniqroq loyiha taklif qilib qolişi ehtimoli yuqori.
«Mançester Siti»da çap qanotda usluban Semenyoga juda yaqin bölgan Doku töp suradi va uşbu mavsumda u ança ösdi. Klub Semenyoni yoşi ötib borayotgan Bernardu Silva yoki jamoani tark etadigan Savinioga örinbosar sifatida körişi mumkin, ammo har ikki holatda ham Antuanga asosiy tarkibdan joy kafolatlanmaydi. Rayan Şerki va Fil Foden ham sönggi oylarda ança kuçli öynayotgani e’tiborga olinsa, bir vaqtning özida Holandning ortida Doku, Foden, Şerki va Semenyoni tuşiriş hatto Rodrining eng yaxşi davrlari uçun ham köplik qiladi. Himoyada har ikki qanotda aslida yarimhimoyaçilar öynayotganini ham unutmaslik kerak – bu holatda muvozanat butunlay buzilib ketişi mumkin. Özi umuman Pep Gvardiolaning qişki transferlarga munosabati sir emas – ötgan qişki oynada olib kelingan Marmuş va Husanov deyarli maydonga tuşmayapti, Reys ijaraga berib yuborilgan, faqat Niko Gonsalesda tarkib uçun raqobatçilardagi jarohat (Rodri va Kovaçiç) tufayli öyin amaliyoti bölmoqda.
Şunga yaqin holat «Mançester Yunayted»da ham bor. 3-4-2-1 sxemasi uçun oldingi uçlik şakllanib bölgan va yangi futbolçi uçun na Kunya, na Mbeumo qurbon qilinadi. Insaydlarning aytişiça, Amorim Semenyodan xuddi öng qanotdagi Amad kabi foydalanmoqçi. Ya’ni çap qanot laterali sifatida. Ayni paytda Patrik Dorgu ham, Diogu Dalot ham yetarliça yaxşi formada emas. Semenyo «Bornmut»dagi ilk mavsumlarida qanot himoyasida, 3-4-3 sxemasida esa vingbek bölib öynagani e’tiborga olinsa, eplab ketişi mumkin. Qoğozda çapda Kunya-Semenyo, öngda Amad-Mbeumo tandemlari öta hujumkor va dahşatli körinişi mumkin.
«Mançester Siti»dan farqli ravişda «MYu»da Semenyo darhol asosiy tarkibda tuşa boşlaydi, bu şubhasiz. Lekin jamoada asosiy muammo hujum çiziği emas, markaziy yarimhimoya ekani ançadan beri aytib kelinmoqda. Bu çiziq töldirilmay turib, maydonga beş nafar hujumkor futbolçini tuşiriş, ortda esa Bruno Fernandeş va Kazemiro bilan öynaş «MYu»ni faqat betaraf muxlislar uçun jozibador qiladi va 4:4 hisoblari yanada köpayişi tayin.
Ammo agar futbol tomonidan öylansa, har ikki klubda ham Semenyoga oşkora ehtiyoj yöq va şu tomondan, paydo bölib qolgan imkoniyatdan foydalanib qolişdek tasavvur uyğotmoqda. Bu omil futbolçining kelajagi uçun muhim va Antuanning özi bu haqda köproq öylaşi kerak.
«Liverpul»: Semenyo yangi Saloh böladimi?
Mersisaydliklar Mançester klublariga nisbatan biroz passivroq, Romanoning aytişiça, klub kuz boşlarida qiziqiş bildirganidan buyon jim. Şundoq ham «Liverpul»da yangilar yetarli va göyoki yana bir yirik xarid ortiqçadek. Ammo profil böyiça aynan Semenyo Slot jamoasi uçun kerakli murvat bölişi va qaysidir ma’noda Luis Diaşning örnini bosişi mumkin.
Kolumbiyalik çap qanot vingerining ketişi, Saloh bilan muammolar, Kiyeza töliq asosiyga tayyor emasligi va Ngumoa hali yoş ekanidan kelib çiqsak, «Liverpul»da sof vinger deyarli yöq. Kodi Gakpo ham, ba’zida qanotlarda öynayotgan Virs va Saboslai ham töp bilan markazga ötişni, jarima maydoni atrofida töpni qabul qilişni yaxşi körişadi. Maydon enini kengaytiradigan haqiqiy tezkor vingerlarsiz bu vazifa asosan qanot himoyaçilariga yuklanmoqda. Bu ham normal, lekin muammoli jamoada aksinça, hujumçilar himoyaga yordam berişi muhimroq sanaladi. Antuan Semenyo qarşi hujumlarda tezkor harakat qilişi, driblingi va himoyada ham faol böla olişi hisobiga «Liverpul»ning çap qanoti uçun ayni muddao böladi.
Muhammad Saloh jamoani tark etişi ehtimoli yuqori, bu qişdayoq sodir bölişi ham mumkin. U holda tezkor hujumlar markazi çap tomonga köçiş varianti paydo böladi. Umuman, aslida Semenyo bemalol Saloh bilan tandemda ham öynay oladi, öz vaqtida Mane-Saloh juftligi bilan jamoa barça sovrinlarni yutganini eslaş mumkin. Ganalik futbolçi köp tomoni bilan aynan Sadio Maneni ham yodga solib yuboradi.
Qolaversa, ötgan turda «Tottenhem»ga qarşi öyinda Aleksandr Isak jiddiy jarohat oldi va kamida ikki oy muddatga safdan çiqdi. Guardian ma’lumotiga köra, şundan keyin klub qişda bozorga kirişga qaror qilgan.
Semenyoga «Tottenhem» qiziqayotgani haqida ham xabarlar bor, uning özi esa bolaligidan «Arsenal» muxlisi hisoblanadi. Lekin London variantlari haqiqatdan ança uzoq bölsa kerak. «Tottenhem» yomon mavsum ötkazmoqda va Tomas Frank iste’fo yoqasiga kelib qoldi. Klub rahbarlari hali davom etişi aniq bölmagan murabbiy uçun katta transferlar qilmasa kerak. Semenyo uçun kuraşda raqiblar köpaygaç, klub yana Savinio variantiga qaytgani haqida ma’lumotlar çiqdi. «Arsenal» esa tarkibini yozda yetarliça töldirib bölgan, buning ustiga Jyezus va Havers kabi hujum vakillari ham jarohatdan qaytişmoqda. Oldingi çiziqqa qöşimça yana bir futbolçi ortiqça bölişi mumkin.
Bu ketişda Antuan Semenyo yanvarning ilk kunlaridayoq jamoasini almaştirişi ehtimoli yuqori. Yuqoridagi mulohazalardan kelib çiqsak, futbolçi uçun eng mos yönaliş – Liverpul bölardi, ammo Mançester klublari faolroq harakat qilayotgani e’tiborga olinsa, Antuan şu ikki jamoadan birini tanlaşiga töğri keladi. Futbolçi kelasi yili 26 yoşga kiradi, bu top-klubga ötiş uçun unda sönggi imkoniyat bölişi ham mumkin.