Qişdagi asosiy transferlar: «Siti» yana faol, Endrik «baxti»ni topdi, Saudiyada mojarolar
|20:40 / 06.02.202611 36326 min
Yevropada qişki transferlar oynasi ham yopildi va qator jamoalar mavsumning ikkinçi yarmi oldidan tarkiblarini kuçaytirib olişdi. Odatdagidan ança sokin keçgan bölsa-da, aslida e’tiborga arzirli kelişuvlar ham böldi. Quyida qişki transferlardagi eng qimmat 10 xarid haqida fikr yuritiladi.
Lorenso Lukka(«Udineze»dan «Napoli»ga) – 26 million yevro
Futbolçini uşbu transfer oynasida «Napoli» sotib olgan bölsa-da, u yangi klubini tark etib, «Nottinghem Forest»ga yöl oladi. Gap şundaki, aslida Italiya klubi hujumçini ötgan yozda «Udineze»dan ijaraga olgandi. Romelu Lukakuning jarohati klubni turli variantlarni izlaşga undagan va Hoylund bilan birga Lukka ham olib kelingandi. Ammo 25 yoşli hujumçi «Napoli»da köp öynamadi, Antoni Konte köproq Rasmusga işonç bildirdi. Lukka esa birinçi davrada atigi 4 öyinda boşlanğiç tarkibdan örin oldi. Romelu Lukaku jarohatidan tuzalişi esa Lukkaga bölgan ehtiyojni yanada kamaytirib yubordi.
Ammo avvalgi mavsumlarda «Udineze» tarkibida sermahsullik körsatgan, Italiya milliy jamoasiga ham jalb qilinayotgan hujumçidan butunlay voz keçilmadi. «Napoli» uning transfer huquqini «Udineze»dan sotib olib, «Nottinghem Forest»ga ijaraga berdi.
Buni ança oqilona yuriş deyiş mumkin. Birinçidan, agar futbolçi Angliyada özini körsatsa, uni kattaroq narxga sotiş imkonini beradi. Ikkinçidan, mabodo Lukka yozda Angliyadan qaytib kelgan taqdirda ham, klubda Hoylundning transfer huquqini sotib olişga zarurat bölmaydi. Uçinçidan, «Nottinghem»dagi ehtimoliy muvaffaqiyatli öyinlar Lukka Italiya milliy jamoasi tarkibida mundialga borişiga yöl oçişi mumkin. «Napoli» zaxirasida esa unda bunday imkoniyat bölişi dargumon. Aytiş mumkinki, jahon çempionati – har qanday futbolçining narxini oşiriş uçun ayni muddao. 26 million yevro Italiya klublari uçun katta summa hisoblansa-da, yakunda «Napoli» bu transferdan ijobiy farq bilan çiqişi ham mumkin.
Muhammad Qodir Meyte(«Renn»dan
Mavzuga oid
«
Al Hilol
»
ga) – 30 million yevro
Muhammad Qodir Meyte – Kriştianu Ronalduning ğazabiga sabab bölgan transferlardan biri. «An Nasr»ning transfer bozoridagi sustkaşligi fonida «Al Hilol»ning bu xaridi katta qadam sifatida baholanişi mumkin. Bu şuningdek, Saudiya klublarining transfer bozoridagi yangi siyosatini ham ifodalaydi – nafaqa yoşidagi yulduzlarni jalb qiliş örniga, yoş va istiqbolli futbolçilarni oldinroq payqaş va kelajakda Yevropa klublariga qayta sotiş orqali liganining imijini yanada oşiriş.
Sönggi yil davomida qator futbolçilar Saudiyadan Turkiya va Ispaniyaga qaytişdi. Saudiyaga ketiş – futbolçilik faoliyatini yakunlaş emasligini namoyiş qiliş – juda köp yoş futbolçilarning qiziqişini oşirişi turgan gap. Meytening transferi mana şu jihatdan ham juda ahamiyatli.
Muhammad Meyte, 18 yoşli, böyi 193 sm bölgan baquvvat hujumçi. Futbolçiga Angliyaning qator klublari, jumladan «Mançester Yunayted» ham qiziqqani – kelişuv darajasini oşiradi. Meyte ötgan mavsumdan boşlab «Renn» safida liga öyinlarida qatnaşa boşlagan, bu mavsumda esa Fransiya çempionatida asosan zaxiradan maydonga tuşib, 3 gol va 2 assist amalga oşirgandi. Fransiyaning turli yoşdagi jamoalarida öynab çiqqan. Futbolçining Transfermarket portalidagi narxi 13 million yevro etib baholangan bölsa ham, u yoşligi, raqobat yetarliça bölgani, Saudiya Arabistoni «soliği» bilan qöşib hisoblansa – ança adekvat narx.
Oskar Bobb («Mançester Siti»dan «Fulhem»ga) – 31 million yevro
«Zamonaviy futboldagi bir holat meni xafa qiladi – yoşlar tarkibida yaxşi futbolçilar bölib turib, nega klublar taşqaridan katta summalarga hujumçi sotib olişadi?» – deb yozğirgan ekan 2009 yilda Pep Gvardiola.
Albatta, agar akademiyadan Messi yoki Pedro çiqib tursa, bunday fikrlaş oson, ammo öz vaqtida Oskar Bobb ham Mançesterning bölajak yulduzi sifatida baholangan. Endi esa sönggi yillarda klubni birma-bir tark etayotgan tarbiyalanuvçilar safiga qöşildi.
Boşqa tomondan olib qaraganda, norvegiyalik futbolçi allaqaçon 22 yoşda, bundan buyoğiga keskin ösiş bölişini kutiş qiyin. Töğri, uning jamoa tarkibida bölişi, ba’zi öyinlarda foydalaniş uçun zarar qilmaydi, ammo bugungi moliyaviy çeklovlar davrida akademiya futbolçisi uçun 30 million yevrodan köproq mablağ oliş – klubga transfer bozorida köproq xarajatlar qilişga imkon beradi.
Oskar Bobb 2023/24 yillar mavsumida kaşfiyotlardan biri bölgan, uning «Nyukasl» darvozasiga sönggi daqiqalarda urgan ğalaba golini köpçilik yaxşi eslaydi. Ammo u keyingi mavsum boşidayoq, aniqroği, Superkubok uçun öyinda oğir jarohat oldi va uzoq muddatga safdan çiqdi. Aynan mana şu voqea futbolçining rivojlaniş tempini ança ortga surib yubordi.
«Fulhem» esa futbolçi uçun ideal joy deyiş mumkin. Yoşlarga imkon beradigan yaxşi murabbiy, barqaror muhit, yevrokuboklar uçun kuraş, bosim biroz kamroq ekani – Bobbning öz darajasiga qaytişi uçun ideal şaroit. Aynan «Fulhem»da Oskarning taqdirdoşlari, ya’ni top-klublarning asosiy tarkibiga ilina olmagan bir qator futbolçilar, jumladan, Sessenyon, Smit-Rou, Ivobi, Çukveze, Perreyra, Leno, Traore kabi futbolçilar ança muvaffaqiyatli töp surgani va surayotganini eslaş kifoya.
Ademola Lukman («Atalanta»dan «Atletiko»ga) – 35 million yevro
Ötgan yozda ispan klublari içida eng köp pul sarflagan «Atletiko» qişda ham jim ötirmadi va hujum çiziğini yanada kuçaytirdi. Lukman aynan Simeonebop futbolçi – jismonan kuçli, köp yuguradi, Gasperini futbolida ham yöqolib qolmagani – u haqidagi xulosalar uçun yetarli. Şu bilan birga, yaxşigina driblingga ega va tezkor. Kiçik hududlarda ham, qarşi hujumda ham, turli sxemalarda ham foydali harakat qila oladi. Çap qanotda, hujum ortida, yagona hujumçi sifatida ham tajribaga ega. Simeone jamoasida Lukman kabi futbolçilar doim bölgan, masalan, Anxel Korreani tilga oliş mumkin.
Aslida «Atletiko»ning Lukmanga e’tibor qaratganining asosiy sababi – Antuan Grizmanning sport formasi pasaygani bölişi mumkin. Fransiyalik futbolçining avvalgidek emasligi Alvaresga bölgan yuklamani ham oşirib yubormoqda. Lukman esa jamoani juda yaxşi töldirişi mumkin.
Ademola 28 yoşda ekani va bu katta klublardagi oxirgi şartnomasi bölişi mumkinligidan kelib çiqsak, 35 million yevro biroz qimmat körinadi, lekin boşqa tarafdan, Madriddan qarşi reys bilan Jakomo Raspadori «Atalanta»ga yöl oldi. Transfer narxi xuddi olti oy oldin «Atletiko» sotib olganidek – 22 million yevro. Ya’ni Lukman uçun belgilangan narxga rozi böliş evaziga avvalgi muvaffaqiyatsiz transfer xarajati ham qoplanmoqda. Bu rokirovka ortida yana nimalar borligini bilmaymiz. Şu örinda «Barselona» va «Yuventus» örtasida Artur va Piyaniç iştirokidagi rokirovkani eslaş mumkin.
Konor Gallaher («Atletiko»dan «Tottenhem»ga) – 40 million yevro
«Atletiko» Konor Gallaherni ham «Tottenhem»ga sotdi. Ikki yil oldin Konor Londonning boşqa klubi – «Çelsi»dan Madridga taşrif buyurganida, aynan Simeone uslubidagi futbolçi sifatida baholangandi. Haqiqatan ham Gallaher undan kutilgan darajani berdi, lekin baribir ispan futboli Angliyadagidan farq qilişini ham e’tiborga oliş kerak. «Atletiko» La Liga yoki Yevropa futboli fonida asosan jismoniy futbolga asoslangan uslubdek tuyulsa-da, baribir töp nazorati, pas beriş madaniyati böyiça minimal talablar APLdagiga qaraganda yuqori. Tabiiyki, bu borada Konor «Atletiko»ning boşqa yarimhimoyaçilari Koke yoki Baena bilan raqobatlaşa olmaydi. Natijada u asosiy tarkib futbolçisi emas, ayrim tor vazifalar, aniq ba’zi ssenariylar uçun işlatiş mumkin bölgan qurolga aylanib qoldi.
Şunda ham Konor Gallaher Angliya, ayniqsa, «Tottenhem» uslubi uçun keragidan ham yaxşi futbolçi böla oladi. «Tottenhem» statistikaga köra APL jamoalari içida eng köp yugurayotgan jamoa bölsa-da, bu natijalarda ijobiy aksini bermayapti. Sababi esa jamoada tempni boşqarişi mumkin bölgan, tajribali markaziy futbolçilar yetişmasligidir. Meddison, Bergval kabi futbolçilar esa jarohatda. Tarkibga Gallaherning qöşilişi – Tomas Frank jamoasiga yetişmayotgan muhim jihatlarni taqdim etişi mumkin. Öz navbatida, jahon çempionati oldidan futbolçi milliy jamoaga qaytiş uçun kuraşişi mumkin. Angliya tarkibida markaziy yarimhimoya uçun raqobat juda kuçli bölsa-da, aynan Angliyada töp suradigan futbolçilarga e’tibor köproq bölişi sir emas.
Brennan Jonson («Tottenhem»dan «Kristal Pelas»ga) – 40 million yevro
Yevropa klublaridagi transferlar Dirixle prinsipini eslatadi – kimdir kelsa, albatta boşqasi joy böşatişi kerak. Jonson aslida yomon öyinçi emas, ötgan mavsumning eng yaxşilaridan biri bölgan, barça musobaqalarda 18 golga mualliflik qilgandi. Ötgan mavsumda Yevropa ligasi finalida «MYu» darvozasiga ğalaba golini urib, bu mavsumda londonliklar jamoasi Çempionlar Ligasida qatnaşişini ta’minlagandi. Futbolçi atigi 24 yoşda, bemalol bir neça yil foyda keltirişi, yana ösişi mumkin edi.
Ammo bu «Tottenhem» tomonidan köproq tarkibdagi balansni ta’minlaşga qaratilgan transfer. Quddus, Kolo Muani, Tel, Simons kabi xaridlardan söng tarkibning hujum çiziği uçun nomzodlar keragidan ortib ketdi. Meddison va Kuluşevski ham qaytganda, Jonsonning asosiy tarkibga kiriş imkoniyati yanada pasaygan bölardi. Aslida, futbolçining ötgan mavsumda köproq öyinlarda maydonga tuşgani ham jarohatlar bilan boğliq edi. Bunday şaroitda 40 million yevrolik taklif çiqişi esa klub uçun ayni muddao böldi.
«Kristal Pelas» uçun esa bu transfer ayniqsa, siyosat uçun, rahbariyat klub muxlislari oldida özini oqlaşi uçun kerak edi. Ötgan mavsumda Olise, yozda Eze, qişda esa Geyining ketişi, Adam Uorton uçun navbat kattalaşayotgani, bu sotuvlardan esa boş murabbiyning noroziligi tabiiyki, «Kristal Pelas» rahbarlarining muxlislar qarşisidagi pozitsiyasini yomonlaştirgandi.
Lukas Paketa («Vest Hem»dan «Flemengo»ga) – 42 million yevro
Ruyxatdagi eng tuşunarsiz transfer. Albatta, Paketaning Yevropadagi yetti yillik faoliyatidan söng sobiq jamoasiga qaytişi – gözal hikoya, ammo transfer summasi Braziliya futboli uçun rekord ekani inobatga olinsa, kartina özgaradi. Boşqa tarafdan, Lukas Paketa Braziliya milliy jamoasining asosiy tarkib futbolçisi ekani, Londondagi joriy mavsum kutilgandek çiqmagan bölsa-da, u hali ança foydali böla olişini ham ta’kidlaş kerak.
Lukas aslida ikki yilça oldin ança baland narxga, hatto 100 million yevroga yaqin summaga ham transfer bölişi mumkin edi. Pep Gvardiola uni juda yuqori baholagan va «Mançester Siti» taklif ham tayyorlayotgandi. Ammo 2023 yilda futbolçining bukmekerlar bilan kirli işlarga aloqadorligi, xususan, stavkalar uçun ba’zi öyinlarida ataylab sariq kartoçkalar olgani böyiça gumonlar yuzaga çiqdi. Aynan mana şu voqealar uning transferini barbod qilgan, keyinçalik, futbolçining aytişiça, unga ruhiy ta’sir ötkazib, sport formasi tuşib ketişiga sabab bölgan ekan. Keyinçalik futbolçi oqlandi, lekin Lukasning faoliyatidagi izni öçirib bölmasdi.
Yorgen Strand Larsen («Vulverhempton»dan «Kristal Pelas»ga) – 50 million yevro
Norvegiyalik 25 yoşli hujumçi avvalgi mavsumda ança sermahsullik körsatgandi. «Vulverhempton» kabi autsayder tarkibida APLning özida 14 gol urişi (barça turnirlarda 17) – katta natija. Ammo bir qator kreativ şeriklardan ayrilgaç, Larsenning körsatkiçlari uşbu mavsumda ança tuşib ketdi – APL da atigi 1 gol.
Albatta, «Kristal Pelas» futbolçini baholaşda köproq avvalgi mavsumga, hujumçi yaxşiroq şaroit va strukturaga ega bölgan davrga köproq e’tibor qaratgani mantiqan töğri bölişi mumkin.
Şunday bölsa-da, baribir tuşunarsiz – «Kristal Pelas» yanvarda Larsen va «Aston Villa» safida APLda birorta ham gol ura olmagan Evann Gassanni oldi. 8 gol urgan Jan-Filipp Matetani esa «Milan»ga sotişga harakat qildi. Ammo fransiyalik hujumçining Milandagi tibbiy körigi muvaffaqiyatsiz yakunlanib (unda jiddiy jarohat aniqlangan), u ham kamida yozgaça jamoada qoladigan böldi. Demak, «Kristal Pelas» hujum çiziğida endi Larsen, Jonson, Mateta, Sarr, Gassan va Nketia bor – bemalol aytiş mumkinki, liganing eng xavfli hujumlaridan biri.
Jyeremi Jake («Renn»dan «Liverpul»ga) – 62 million yevro
«Renn»ning yanvardagi yana bir katta sotuvi, ammo Meytedan farqli ravişda Jake yozgaça jamoada qoladi. «Liverpul» futbolçi uçun raqobat kuçayib ketişidan çöçib, hozirdanoq rasmiylaştirib qöyişni lozim topdi. Ammo şunda ham köp mutaxassislar «Liverpul»ning qisqa muddatli yeçimlarga ega emasligi yakunda qimmatga tuşişi mumkinligidan xavotirda. Gap şundaki, aslida «Liverpul» ötgan yozda yangi markaziy himoyaçiga ehtiyoj sezgandi, ammo sönggi pallada Mark Geyi bilan kelişuv barbod böldi. Yozda olib kelingan yoş himoyaçi Leoni esa jiddiy jarohat olib, klub mavsumni atigi ikki nafar soğ markaziy himoyaçi bilan boşladi.
Bu holat qişki transferlar oynasida ham tuzatilmagani – muxlislarning noroziligiga sabab bölmoqda. Har qanday kiçik jarohat ham markazda Endo yoki Gravenberhni tuşirişga majbur qilayotgan, jamoa esa hali uç musobaqada kuraşni davom ettirayotgan bir paytda faqat kelasi mavsum uçun transfer qiliş – bugungi muammolarni hal qilmaydi.
Jyeremi Jake – 20 yoşli markaziy himoyaçi, joriy mavsumdan «Renn»ning asosiy himoyaçilaridan biriga aylandi, Fransiya yoşlar jamoasiga ham jalb qilinmoqda. Transfer narxi qimmatligi çöçitmasligi kerak, zero Fransiya çempionatidan kelgan himoyaçilar odatda Angliyada yöqolib qolişmaydi. Jakening qiymati yaqinda sodir bölgan Leni Yoro yoki Abduqodir Husanovning narxiga mos keladi. Jake va Leoni «Liverpul»ning kelajak uçun investitsiyasi hisoblanadi va bir neça yildan söng van Deyk – Konate juftligi örniga asosiy tandemga aylanişi mumkin.
Antuan Semenyo («Bornmut»dan «Mançester Siti»ga) – 72 million yevro
Angliya jamoalari içida qişning asosiy seriali bölişi kutilgan Antuan Semenyo transferini «Mançester Siti» nisbatan ança erta yakunlab qöydi va 72 million yevro evaziga öz safiga qöşib oldi. Şundoğam, Doku, Foden, Şerki, Marmuş kabi hujum çiziği vakillari bölgan klub uçun qöşimça futbolçi nimaga kerak, degan savollar köp yangragan bölsa-da, tezda yöqoldi. Zero hozirda «Arsenal» bilan raqobat qiliş uçun bitta tarkib yetarli bölmaydi.
Semenyo «Mançester Siti»ga juda tez moslaşdi, beş öyinda 4 gol va 2 assistni amalga oşirib ulgurdi. Aynan Semenyo tufayli Jyeremi Dokuning jarohati ham, Holandning yomon sport formasining ham ta’siri sal bölsa-da, pasaygan bölişi mumkin. Uning universalligi (u har ikki qanotda harakat qila oladi), serqirraligi, şuningdek, yoş jihatdan ayni paytda optimal holatda ekani – Pep Gvardiolani köproq qiziqtirgan bölişi mumkin. Gvardiola jamoalarida doim öyin tizimi birlamçi sanalsa-da, Şerki, Semenyo kabi individiual futbolçilar tarkibda bölişi «Mançester Siti»ni yanada xavfliroq jamoaga aylantiradi va har qanday muvaffaqiyatsiz keçayotgan öyinlar ham ularning yordamida ijobiy natija bilan yakunlanişi mumkin.
Bonus
Yuqorida asosiy ölçov sifatida transfer summasi e’tiborga olingan bölsa, quyida qiymat böyiça top-10 ga kirmagan, ammo ta’sir jihatidan balki yanada muhimroq bölişi mumkin bölgan yana beşta tranferga töxtalamiz.
Karim Benzema («Al Ittihod»dan «Al Hilol»ga) – 25 million yevro
Karim Benzema Saudiya Arabistoniga qilingan buyuk köçişlardan keyingi davrning eng yaxşi hujumçilaridan biri. «Al Ittihod» safida 87 öyinda 57 gol va 18 assistni amalga oşirgan. Ötgan mavsumda u 21 gol bilan jamoasi mamlakat çempioni bölişiga hissa qöşdi.
Bu mavsumda esa «Al Ittihod» çempionlik uçun kuraşmayapti va peşqadamdan 16 oçkoga ortda bormoqda. Fransiyalik hujumçi esa yangi şartnoma böyiça kelişa olmadi va jamoa öyinlarini boykot qildi. Şundan keyin unga boşqa jamoa topib berişdi.
Kriştianu Ronalduning yozğirganiça bor – uç yildan beri çempionlik uçun kuraşib, bu safar endi yaqin kelayotgan bir paytda PIF (Saudiyaning 4 klubini moliyalaştiradigan taşkilot) 25 million pulni u çöntagidan bunisiga solib, «Al Ittihod»ning eng yaxşi hujumçisini peşqadam «Al Hilol»ga olib berdi. Albatta, bundan «An Nasr»ga nisbatan qandaydir fitnani taxmin qiliş ham mantiqli körinadi.
Baribir, transfer sodir böldi, Karim Benzema allaqaçon «Al Hilol»da debyut qilib, uç gol va bir assist bilan «Al Ahdud» ustidan 6:0 hisobidagi ğalabaga hissa qöşdi.
Ngolo Kante («Al Ittihod»dan «Fenerbahçe»ga) – erkin agent
Transfer oynasining sönggi kunlarida Yevropada kutilgan «portlaşlar» aslida Arabiston yarimorolida sodir bölganining yana bir isboti. Kriştianuning yuqorida tilga olingan isyonidan bekor bölişga sal qolgan yana bir kelişuv.
Gap şundaki, «Al Ittihod» va «Fenerbahçe» allaqaçon bu transferni kelişib qöygan, evaziga turk klubi marokaşlik hujumçi An-Nosiriy va unga qöşib 4 million yevroni «Al Ittihod»ga berişi lozim edi. Ammo Benzemaning transferi uçun qilingan Ronalduning boykoti sabab, sönggi soatlarda bu rokirovka ham töxtab qoldi. Sababi, Benzemaning ketiş yo ketmasligi aniq bölmasidan boşqa bir hujumçini olib keliş – «Al Ittihod» manfaatlari uçun ham, An-Nosiriyning faoliyati uçun ham zid kelardi.
Kante Benzema bilan birga «Al Ittihod»ning muhim figuralaridan biriga aylangandi, lekin 34 yoşli yarimhimoyaçi jahon çempionatida iştirok etişi uçun baribir Yevropaga yaqin bölişi kerak. Turkiya çempionatida tört yildan beri 2-örindan kötarila olmayotgan, oxirgi marta esa 12 yil oldin zafar quçgan istanbulliklar uçun Kante juda yaxşi xarid.
Mark Geyi («Kristal Pelas»dan «Mançester Siti»ga) – 23 million yevro
25 yoşli angliyalik markaziy himoyaçi aslida ötgan yozdayoq «Liverpul» a’zosi bölişi mumkin edi. Ammo londonliklar vaqtida örinbosar topa olmagaç, Oliver Glasner bu kelişuvga «veto» qöydi. «Kristal Pelas» bilan şartnomasining sönggi yiliga qadam qöygan Markning transferi mana şu yanvarda sodir bölişiga heç kim şubha qilmagan, zero London klubi futbolçini tekin qöyib yuborişdan köra, qandaydir mablağ olişni közlaşi tabiiy edi. Hammasi Geyining kimni tanlaşida bölib qolgandi – qişga kelib unga «Liverpul»dan taşqari, «Mançester Siti», «Bavariya» va hatto «Barselona» ham talabgor bölişdi.
«Mançester Siti» şu ötgan oyning özida ikkinçi futbolçi uçun ham raqobatda ustun keldi va yetarliça tajribali, Angliya milliy jamoasi a’zosi bölgan Geyini nisbatan arzon narxga sotib oldi. Albatta, bu yerda futbolçi uçun taklif qilingan maoşning ham roli katta – norasmiy manbalarning aytişiça, Geyi haftasiga 300 ming funtdan köproq pul oladi. Bu degani, Mark Geyi butun APLda eng katta maoş oladigan beş futbolçidan biriga aylandi.
Diaş, Gvardiol, Stounz kabi futbolçilarning jarohati tufayli, Geyi darhol asosiy himoyaçiga aylandi va Abduqodir Husanov bilan kuçli tandem yarata olişdi. Maoşlar muvozanati, tarkibdagi boşqa futbolçilarning öyin vaqti kabi faktorlardan qat’i nazar, Pep Gvardiola hozir va darhol tayyor nomzodlarni birin-ketin sotib olayotgani esa bir narsadan darak beradi – katta ehtimol bilan, ispaniyalik mutaxassis yozda Mançesterni tark etadi.
Temmi Abraham («Beşiktoş»dan «Aston Villa»ga) – 21 million yevro
«Aston Villa» kabi klublarning YeÇL kabi musobaqalar uçun kuraşib, çetda qolişi juda oğir zarba hisoblanadi – YeÇL uçun tarkib yiğib, maoşlarni ham şunga moslab, lekin YeÇL beradigan puldan quruq qoliş dunyo brendi bölmagan, ya’ni daromad manbayi u qadar katta bölmagan klublar uçun salkam bankrotlik degani. Şu tufayli sönggi yillarda «Aston Villa» transfer bozorida faol emas, asosan arzon variantlar va ijaralar bilan tarkibni kengaytirişga urinib keladi. Ötgan mavsum oraliğida klub Markus Reşford va Mark Asensioni ijaraga olgan va mana şu juftlik mavsumning ikkinçi yarmida ança yordam bera olişgandi.
Bu safar ham klub mana şu maqsadda bozorga çiqdi. Sobiq futbolçisi Duglas Luisni ijaraga olgan bölsa, Temmi Abraham uçun tölangan 21 million yevro APL uçun ança kiçik raqam hisoblanadi. Qolaversa, Temmida APLda öynaş tajribasi bor. Köpçilik uni «Çelsi»da kaşf qilingan deb öylaydi, ammo aslida hujumçi ilk kuçli mavsumini aynan «Aston Villa»da ötkazgandi. Lempard uni asosiy tarkibda tuşira boşlagandan avvalroq u ijara asosida aynan «Villa»da öynagan va 26 gol urib, jamoa Çempionşipdan APLga qaytişiga hissa qöşgandi. Sakkiz yillik tanaffusdan söng u yana «Aston Villa»ga qaytdi va bu safargi maqsad kattaroq – Çempionlar Ligasi.
Endrik («Real»dan «Lion»ga) – ijara
Agar yana biroz Mançesterda murabbiy almaşmay turganda Kobbi Maynu «Napoli»ga ötib ketişga tayyor turgandi. Ammo keyin barçasi özgarib, ayni paytda Maynu «MYu»ning asosiy tarkib futbolçisi. Xuddi mana şunga öxşaş holat Endrik bilan ham sodir bölişi mumkin edi, ammo farqli ravişda Arbeloaning kelişi sal keçroq sodir böldi. Endrikka imkoniyat bermayotgan Xabi Alonso iste’foga çiqişidan biroz oldin futbolçi Fransiyaga ketib bölgandi.
Balki bu yaxşilikkadir, zero braziliyalik hujumçi juda qisqa vaqtda «Lion»da özining butunlay boşqa qirralarini ham namoyiş etmoqda. Katta bosim va e’tibordan biroz çetlaşgaç, 19 yoşli futbolçi ança erkin va samarali harakat qilyapti. Dastlabki uç öyinda qatorasiga uçraşuvning eng yaxşisi deb topilgan Endrik allaqaçon «Lion» tarqibida 5 gol va 1 assistni amalga oşirişga ulgurdi. Madriddagi ikki yil, salkam 40 öyinda maydonga tuşib u atigi 7 gol urgandi xolos.
Yevropa Ligasi favoritlaridan biri bölgan «Lion» uçun ham, jahon çempionati oldidan Braziliya tarkibiga kirişga urinayotgan Endrik uçun ham, hatto olti oy ötib yanada ulğaygan va öziga işongan hujumçiga ega böladigan «Real» uçun ham foydali kelişuv.