Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Usmonov: «O‘zimni ko‘proq O‘zbekiston rahbariyatining yordamchisi sifatida ko‘rmoqdaman»
Foto: Forbes
Asli kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan rossiyalik milliarder Alisher Usmonov Rossiyaning Forbes nashriga intervyu berdi. Unda tadbirkor O‘zbekistondagi o‘z roli haqida fikr bildirdi.
Forbes: Sizning sobiq sherigingiz Bidzina Ivanishvili ham o‘z vatani, Gruziyaga ketdi. U yerda muvaffaqiyat qozongan partiyani tashkil qildi, xayriya bilan shug‘ullanmoqda, ijtimoiy loyihalarni moliyalashtirmoqda. O‘zbekistondagi rolingiz Ivanishvilining Gruziyadagi o‘rni bilan bir xil bo‘ladimi?
«Yo‘q, bu boshqa vaziyat. Borya Rossiyadan ketdi, Rossiya fuqaroligidan voz kechdi. Men esa, avvalo Rossiya fuqarosiman. Investor yoki hatto sherik sifatida pul topish kerak bo‘lgan qandaydir biznes loyihalar bilan shug‘ullanish - bu men uchun uncha qiziq emas, men buni xohlamayman.
Ammo, agar boshqa investorlarning ishonchi paydo bo‘lishi uchun - ular tavakkal qilishdan qo‘rqmasligi maqsadida pul yo‘naltirish zarur bo‘lsa, men bunga tayyorman. Men o‘zimni ko‘proq O‘zbekiston rahbariyatining yordamchisi sifatida ko‘rmoqdaman».
Forbes: Maslahatchi sifatidami?
«Yo‘q, qanday maslahatchi? Men u yerda ishlayapman va prezident Mirziyoyev mamlakatda boshlagan islohot muvaffaqiyatli yakunlanishi men uchun juda muhimdir. O‘zbekistonning kelajagi uning muvaffaqiyatiga bog‘liq, men bunga befarq emasman».
Mavzuga oid
11:29 / 29.01.2026
Sud: Usmonovning FAZ’ga qarshi da’vosi bo‘yicha qaror hali kuchga kirmagan
15:25 / 06.01.2026
Rossiyaning eng badavlat biznesmenlari 2025 yilda 24 mlrd dollarga boyidi
16:16 / 30.12.2025
Germaniyada Usmonovga qarshi ochilgan ikkinchi tergov ham to‘xtatildi
16:30 / 05.09.2025