18:52 / 21.12.2018
14667

Yangiyo‘ldagi bozor hududida fuqaro ayol kishini pichoqlab qo‘ydi

Joriy yilning 19 dekabr kuni Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahrida Niyozbosh qishlog‘ida yashovchi U.A. “Yangiyo‘l shahar dehqon bozori” hududida o‘zaro janjal tufayli Baytish mahallasida yashovchi D.R. (ayol)ga pichoq bilan jarohat yetkazgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada D.R. kasalxonaga yotqizilgan. U.A. qo‘lga olingan. 

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid
Top