Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AP: Eron AQSh aviatashuvchisi yonida raketalar uchirdi
Foto: AFP
Eron kemalari AQShning John C. Stennis aviatashuvchisi yonida raketalar uchirdi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, Amerika Qo‘shma Shtatlari kemasi AQSh Eron yadro bitimidan chiqqanidan so‘ng, Fors ko‘rfaziga birinchi marta kirdi. Uni Eron inqilob gvardiyasi kemalari kuzatib borgan. Shu bilan birga, Eron tomoni uchuvchisiz uchar qurilma va raketalarni qarama-qarshi tomonga qarab uchirgan.
Avvalroq, AQSh harbiy-dengiz kuchlarining John C. Stennis atom aviatashuvchisi boshchiligidagi kemalari guruhi Fors ko‘rfaziga kirgandi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval Rossiya Eronni AQSh sanksiyalari yangi to‘lqinidan himoya qilishi haqida ma'lumot bergandi.
Mavzuga oid
13:10
Eronning tinchlik rejasi tafsilotlari ma’lum bo‘ldi
11:44 / 02.05.2026
Tramp Kongressni Eron bilan urush to‘xtagani haqida xabardor qildi
23:32 / 01.05.2026
Qirol va qirolmas uchrashuvi. Charlz III Oq uyda oriycha master-klass ko‘rsatdi
22:06 / 01.05.2026