Sport | 18:12 / 22.12.2018
12778
1 daqiqa o‘qiladi

Chempionlar Ligasi guruh bosqichining kashfiyotlar terma jamoasi e'lon qilindi

Foto: Getty Images

UYeFA rasmiy saytida Chempionlar Ligasi guruh bosqichida o‘zini namoyon qila olgan va haqiqiy kashfiyot bo‘lgan futbolchilardan iborat ramziy terma jamoani e'lon qildi.

Unga quyidagi futbolchilar kirdi.

Darvozabon: Odisseas Vlaxodimos («Benfika»).

Himoyachilar: Endryu Robertson («Liverpul»), Milan Shkrinyar («Inter»), Mateys de Ligt («Ayaks»).

Yarimhimoyachilar: Frenki de Yong («Ayaks»), Ussem Aua («Lion»), Artur («Barselona»), Nikola Vlashich (TsSKA), Jyengiz Under («Roma»), Jyeydon Sancho («Borussiya» D).

Hujumchi: Irving Losano (PSV).

Terma jamoani tuzishda UYeFA sayti jurnalistlari ishtirok etishdi. Unda 24 yoshdan kichik bo‘lgan va 2018 yilda Chempionlar Ligasida debyut qilgan futbolchilar inobatga olindi.

Mavzuga oid