Jahon | 07:58 / 23.12.2018
10731
1 daqiqa o‘qiladi

Indoneziyadagi sunami 43 kishining hayotini olib ketdi

Foto: Twitter /Indonesia Merdeka LodniNoviny

Indoneziyada 22 dekabr mahalliy vaqt bilan soat 21:27da Yava va Sumatra orollarini ajratib turuvchi Zond bo‘g‘ozida kuchli sunami qayd qilindi.   

Tabiiy ofat oqibatida 43 kishi halok bo‘lgani, 584 kishi jabr ko‘rgani ma'lum qilindi. Shuningdek, ko‘plab uylar va bir nechta mehmonxona vayron bo‘lgan.   

Tsunamiga Anak-Krakatau vulqoni otilishidan keyin suv osti ko‘chkisi yuz bergani olib kelgani taxmin qilinmoqda.

Foto: Twitter /LodniNoviny

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid