Sport | 11:05 / 23.12.2018
10967
2 daqiqa o‘qiladi

Messi – kuchli beshlikda so‘nggi o‘n bir yillikning eng barqaror to‘purari

«Barselona» sardori Lionel Messi Ispaniya chempionatining 17-turida «Selta» darvozasini ishg‘ol etdi. Uchrashuv 2:0 hisobida «ko‘k-anorranglilar» foydasiga hal bo‘ldi.

Bu Leoning La Liga ushbu mavsumidagi 15-goli bo‘ldi. Natijada u, Opta ma'lumotiga ko‘ra, kuchli beshlik chempionatlarining so‘nggi 11 mavsumidan buyon kamida 15tadan gol urayotgan yagona futbolchiga aylandi.

Messi qishki tanaffusga La Liganing eng yaxshi to‘purari va assistenti sifatida yo‘l olmoqda: uning hisobida yuqorida ta'kidlanganidek 15ta gol va 10ta samarali uzatma bor.

Eslatib o‘tamiz, shu hafta argentinalik hujumchi beshinchi marotaba «Oltin butsa» sovrinini qo‘lga kiritdi.

Qo‘shimcha sifatida, «Barsa» Ispaniya chempionatida 2018 kalendar yilida jami 102ta gol urdi. Bu top-5 ligalari bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkichdir.

Mavzuga oid