Jahon | 15:32 / 24.12.2018
5184
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh Davlat departamenti Barselonadagi teraktlar haqida ogohlantirdi

Foto: EPA

Barselonada bayram vaqtida terakt yuz berishi mumkin. Bu haqda AQSh Davlat departamentining konsullik ishlari byurosi Twitter’da xabar berdi. 

«Barselonadagi Las Rambla tumanida rojdestvo va yangi yil vaqtida avtotransport harakatlanuvchi joylarda, jumladan, avtobuslarda o‘ta ehtiyotkor bo‘lish tavsiya etiladi. Terrorchilar hech qanday yoki deyarli ogohlantirishsiz hujum qilishi mumkin, ularning maqsadi - sayyohlik joylari, transport tarmoqlari hamda boshqa jamoat joylari», - deyiladi xabarda.

Byuro amerikalik fuqarolarni chet elga safarlarda kutilayotgan xavf-xatarlar haqida ogohlantirish bilan shug‘ullanadi. Ispaniyaning Observador nashri xabariga ko‘ra, Kataloniya maydonlari va Portal de la Pau maydonlaridan chetroqda yurish, rojdestvo paytida o‘ta ehtiyotkor bo‘lish kerak.

2017 yilning avgustida Barselonada bir qator avtomobil teraktlari yuz berdi, ulardan biri - La Rambla ko‘chasida. Barcha hujumlar natijasida 16 kishi halok bo‘ldi va 130 kishi jarohatlandi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid