OAV: Qazzofiyning o‘g‘li Moskvaga iltimos bilan chiqqan
Muammar Qazzofiyning o‘g‘li Liviyadagi prezidentlik ambitsiyalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Rossiya hukumatiga iltimos bilan chiqdi. Biroq Moskva, Bloomberg’ning aniqlashicha, bu kampaniyada kimni qo‘llab-quvvatlashini hali aniqlamadi.
Rossiya vakillari, agentlikning Moskvadagi vaziyatdan xabardor manbalari so‘ziga ko‘ra, Qazzofiyning merosxo‘ri bilan aloqa o‘rnatib bo‘lgan. «Noma'lum joyda bo‘lib turgan» Saif al-Islom ular bilan qamoqxonadan ozod etilgach, videoaloqa orqali gaplashgan, deya ta'kidlab o‘tdi Bloomberg manbasi. Keyinchalik, dekabr oyi boshida, uning ma'lumotlariga ko‘ra, Liviya sobiq rahbari o‘g‘lining vakili Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Bogdanov bilan uchrashgan. U orqali Saif al-Islom nomidan Rossiya prezidenti Vladimir Putin hamda Rossiya hukumatiga sobiq diktator qarindoshidan maxsus maktub yo‘llangan, deya aytib o‘tdi manba. Uning so‘zlariga ko‘ra, Saif al-Islom maktubda Liviya kelajagi haqida o‘z fikrini bayon etgan hamda siyosiy qo‘llab-quvvatlov so‘ragan.
Shu bilan birga, Qazzofiy o‘g‘lining vakili Rossiyaga bundan avval ham kelgan, deya ko‘rsatadi Bloomberg. Undan tashqari, 2016 yildan beri Moskvaga, nomi oshkor etilmagan diplomatlar so‘ziga ko‘ra, Liviya milliy armiyasi qo‘mondoni feldmarshal Xalif Xaftar ham ko‘p borib turadi. Kreml aynan uni qo‘llab-quvvatlaydi, deya ta'kidlab o‘tgan Bloomberg manbalari. Qayd etilishicha, unda, liviyalik boshqa siyosatchilarda bo‘lgani kabi, prezidentlik ambitsiyalari bor. Biroq, Moskva endi kimni qo‘llab-quvvatlashi hozircha noma'lum, bu borada hali qaror qabul qilinmadi, deydi agentlik suhbatdoshlaridan biri.
Mavzuga oid
09:59
Britaniyaning eng yirik banki Rossiyadan to‘lovlarni qabul qilishni to‘xtatdi
23:22 / 22.11.2024
KXDR o‘z askarlarini Ukraina urushiga yuborgani evaziga Rossiyadan havo hujumidan mudofaa vositalarini olgan
21:54 / 22.11.2024
«Krepkiy oreshnik»: Putin tutib qolish imkonsiz ekanini aytgan yangi raketa haqida nimalar ma’lum?
21:25 / 22.11.2024