O‘zbekiston | 08:27 / 25.12.2018
10815
4 daqiqa o‘qiladi

31 dekabrda Toshkentdagi barcha avtobuslar ish rejimi 1 soatga uzaytiriladi

Yangi yil bayrami tadbirlari munosabati bilan, Toshkent shahri aholisi va mehmonlariga mazmunli hordiq chiqarish, madaniy dam olish shart-sharoitlarini yaratish to‘g‘risida Toshkent shahar hokimining qaroriga asosan, «Toshshahartransxizmat» AJ tomonidan 2018 yil 20 dekabrdagi 238-sonli buyrug‘i qabul qilindi.

Unga ko‘ra, 2018 yil 31 dekabrda Toshkent shahridagi barcha avtobus yo‘nalishlari ish rejimiga o‘zgartirish kiritilib, ish tugash vaqti 1 soatga uzaytirildi.

Barcha avtobus yo‘nalishlaridagi avtobuslar yangi yil bayramiga mos ravishda bezatilmoqda, haydovchilarni bayram kunlari qorbobo kiyimida ishga chiqarish choralari ko‘rilmoqda.

Yangi yil bayrami tadbirlari o‘tkazilishi munosabati bilan Toshkent shahri ayrim ko‘chalarida avtotransport vositalari harakatini vaqtincha cheklanganligini inobatga olib:

- Istiqlol va Zarafshon ko‘chalarining yopilishi munosabati bilan, 90A, 91A, 115A-sonli yo‘nalishlardagi avtobuslar harakati Navoiy ko‘chasi orqali, “Navoiy – A.Temur” ko‘chalari chorrahasigacha, A.Temur ko‘chasi (Oloy bozori tomonga) orqali o‘z yo‘nalishi bo‘ylab harakatini davom ettiradi;

- Istiqlol ko‘chasining yopilishi munosabati bilan, 53A-sonli yo‘nalish bo‘yicha avtobuslar harakati Navoiy ko‘chasi orqali “Navoiy – A.Temur” ko‘chalari chorrahasigacha, chorrahadan burilib olib, Navoiy ko‘chasi orqali o‘z yo‘nalishi bo‘ylab harakatini davom ettiradi; shuningdek, 33A, 55A, 96A-sonli yo‘nalishlarda avtobuslar harakati A.Temur ko‘chasi orqali “Navoiy – A.Temur” ko‘chalari chorrahasigacha, Shahrisabz ko‘chasi orqali o‘z yo‘nalishlari bo‘ylab harakatini davom ettiradi;

- Sebzor ko‘chasining yopilishi munosabati bilan, 9A, 17A, 52A-sonli yo‘nalishlar bo‘yicha avtobuslar harakati Navoiy ko‘chasi orqali “Navoiy – Abay” ko‘chalari chorrahasigacha, Abay ko‘chasi orqali o‘z yo‘nalishlari bo‘ylab harakatini davom ettiradi; 150-sonli yo‘nalish bo‘yicha avtobuslar harakati Navoiy ko‘chasi orqali “Navoiy – Abay” ko‘chalari chorrahasigacha, Abay ko‘chasi orqali “Abay – A.Qodiriy” ko‘chalari chorrahasigacha, A.Qodiriy, Sebzor ko‘chalari orqali o‘z yo‘nalishi bo‘ylab harakatini davom ettiradi;

- So‘galli ota ko‘chasining (Algoritm korxonasi oldida) yopilishi munosabati bilan, 13A, 69A, 107-sonli yo‘nalishlar bo‘yicha avtobuslar harakati Zargarlik, Zargarlik 5-tor, Diydor, So‘galli ota, Dilband ko‘chalari orqali o‘z yo‘nalishi bo‘ylab harakatini davom ettiradi; 4A, 48A, 87A, 94A, 146A-sonli yo‘nalishlar bo‘yicha avtobuslar harakati So‘galli ota, Zargarlik, Zargarlik 5-tor, Diydor, So‘galli ota, Dilband ko‘chalari orqali o‘z yo‘nalishi bo‘ylab harakatini davom ettiradi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid