Jahon | 21:52 / 25.12.2018
24097
2 daqiqa o‘qiladi

Dubay hukmdorining qizi qochishga urinishidan keyin ilk bor ko‘rinish berdi

Foto: AP

Dubay hukmdorining qizi Latifa binti Muhammad Al-Maqtum saroydan qochishga urinishidan keyin ilk bor suratga olindi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar berdi. 

BAAning WAM axborot agentligi 24 dekabrda malika Dubayda oilasi bilan birga yashayotgani haqida hukumat bayonotini e'lon qilgan. Malika 15 dekabrda BMTning inson huquqlari bo‘yicha sobiq oliy komissari Meri Robinson bilan uchrashgan. Axborot agentligi malika va Robinsonning birga tushgan suratini e'lon qilgan.

Dekabr boshida malikaning saroydan qochishga uringani ma'lum qilingandi. Mart oyida u dugonasi yordamida avtomobilda qo‘shni Ummonga chiqib ketgan. U yerda dugonalar gidrosiklga o‘tirib, ularni neytral suvlarda kutib turgan sheriklari yaxtasiga yetib olishgan. Yaxta deyarli Hindiston sohillariga yetib qolganda, unga harbiylar yetib olib, malikani o‘zlari bilan olib ketishgan.

O‘shandan beri malika haqida hech narsa ma'lum bo‘lmagan. Inson huquqlari bo‘yicha tashkilot qizning taqdiridan xavotir bildirgan. Qiz qochishi oldidan video yozib, unda mamlakatida o‘zi istagancha yashashga yo‘l berishmayotganidan shikoyat qilgan.

Mavzuga oid