Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorijga ish izlab ketayotgan migrantlar soni kamaymoqda - vazirlik
Foto: Focus.kg
O‘zbekistondan chet elga ish izlab chiqib ketayotgan aholi sonida tushish kuzatilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi yil yakunlari bo‘yicha hisobotida tashqi mehnat migrantlarining mamlakatdan ketish sur'ati 1,9 foizga tushganini (2593,7 ming kishi) bildirgan. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2018 yilning ikkinchi yarmida aholining mavsumiy ish bilan shug‘ullanish sur'ati oshgan. Bu ko‘rsatkich joriy yilning birinchi yarmiga nisbatan 22,8 foizga ko‘p. Holatga paxta terim mavsumida kuzatilgan ish o‘rinlarini tartibli tashkil etish sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Vazirlik ayni paytda tashqi mehnat migratsiyasiga oid tadqiqot o‘tkazayotganini bildirib, uning natijalari 2019 yil boshida ma'lum qilishni rejalashtirgan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi yangi metodologiya asosida o‘tkazilgan tadqiqot natijasini ma'lum qilgandi. Unda respublikadagi ishsizlik ko‘rsatkichi va ish bilan band aholining tavsiflari berilgan.
Mavzuga oid
19:09
Moskva meri migrantlardan norozi bo‘lganlarga qo‘lga supurgi olishni maslahat berdi
20:56 / 04.12.2025
Janubiy Koreya noqonuniy migrantlarning ixtiyoriy ravishda chiqib ketishi uchun 90 kunlik dastur e’lon qildi
18:37 / 01.12.2025
Rossiyada 1 dekabrdan chegarani kesib o‘tgan xorijliklardan biometriya yig‘ish boshlandi
10:27 / 29.11.2025