Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poroshenko Ukrainada harbiy holat yakuniga yetganini e'lon qildi
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko mamlakatda harbiy holat yakunlanganini rasman e'lon qildi.
"Bugun harbiy holat nihoyasiga yetadi. Bu mening qat'iy qarorim, u xavfsizlik sohasidagi mavjud vaziyatning barcha jihatlarini tahlil qilib chiqishga asoslangan", dedi u hamda harbiy holat muddatini uzaytirishni rejalashtirmaganini aytdi.
Ukraina prezidenti harbiy holat natijasida mamlakatning mudofaa qobiliyati sezilarli darajada oshganini qayd etdi. Bundan tashqari, uning so‘zlariga ko‘ra, harbiy holat joriy etilgan o‘nta oblastda jinoyatchilik odatdagidan 26%ga kamaygan.
Harbiy holat 26 noyabr kuni mamlakatning o‘nta oblastida 30 kun muddatga joriy etilgandi. Bunga 25 noyabr kuni Kerch bo‘g‘ozida Ukraina kemalari bilan sodir bo‘lgan vaziyat sabab qilib ko‘rsatilgan. O‘shanda Ukrainaga qarashli uchta kema Rossiya chegarasini buzib kirishda ayblanib hibsga olingandi.
Mavzuga oid
09:33 / 27.01.2026
Ukrainada harbiy holat va safarbarlik 4 maygacha uzaytirildi
10:30 / 18.11.2025
Poroshenko Ukraina hukumatining butun tarkibini iste’foga chiqarishni talab qildi
18:39 / 15.07.2025
Ukrainada harbiy holat va safarbarlik yana uch oyga uzaytirildi
16:44 / 16.04.2025