Jahon | 22:27 / 26.12.2018
40680
1 daqiqa o‘qiladi

Tojikistonda 2019 yilga nom berildi 

Foto: news.tj

2019 yil Tojikistonda “Qishloq va xalq hunarmandchiligini rivojlantirish yili” deb e'lon qilindi. Bu haqda Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon parlamentga har yillik an'anaviy murojaatida ma'lum qildi. 

Rahmonning aytishicha, bundan maqsad viloyatlar aholisi turmush darajasini yaxshilash, tibbiy xizmatlar darajasini oshirish, yo‘llarni qurish va ta'mirlash, infratuzilmani yangilash, halq hunarmandchiligini tiklashdan iborat. Tojikiston prezidenti joylardagi rahbarlarga yuzlanib, ularni ko‘zbo‘yamachilik bilan shug‘ullanishni bas qilishga, hunarmandchilikni rivojlantirish uchun real qadamlar tashlashga chaqirgan.   

Yakuniga yetayotgan 2018 yil Tojikistonda “Turizm va xalq hunarmandchiligini rivojlantirish yili” bo‘lgan. 

Mavzuga oid