Jahon | 23:40 / 27.12.2018
9949
2 daqiqa o‘qiladi

Eronlik general Qosim Sulaymoniyning halok bo‘lgani haqidagi gaplar inkor etildi

Eronning Fars News axborot agentligi 27 dekabrda Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining maxsus vazifalarni bajaruvchi “Al-Quds” kuchlari boshlig‘i, general Qosim Sulaymoniyning halok bo‘lgani haqidagi mish-mishlarni rad etdi.

“Islom inqilobiga qarshi chiquvchi OAV 26 dekabrda general Sulaymoniyning halok bo‘lgani haqidagi xabarni e'lon qildi. Bugun ertalab “Al-Quds” boshlig‘i imom Humayniy masjidida paydo bo‘ldi”, deb aytilgan agentlik xabarida. Fars, shuningdek, Sulaymoniy yuqori lavozimli boshqa harbiylar bilan birga qabul qilinayotgan qarorlarning maqsadga muvofiqligi bo‘yicha kengash rahbari Mahmud Hoshimi Shohrudiy janozasida olingan suratni e'lon qilgan. 

Avvalroq Isroil OAVda IsroilningDamashqqa bergan aviazarbalari davomida 3 nafar yuqori lavozimli zobit, jumladan Sulaymoniy halok bo‘lgani haqida ma'lumot paydo bo‘lgan.

Isroil 25 dekabrda Damashq atrofidagi hududlarga qo‘shni Livan havo hududidan raketa zarbasi bergan.

Mavzuga oid