Qonunbuzardan 753 million so‘m naqd pul undirib olindi
Mamlakatda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni shakllantirish, aholi bandligi va farovonligini oshirish, tadbirkorlik faoliyatining to‘sqinliksiz amalga oshirilishini ta'minlash va biznes yuritish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar olib borilmoqda.
Ammo, guruch kurmaksiz bo‘lmaganidek, ayrim qo‘shtirnoq ichidagi tadbirkorlar ham borki, ular davlat tomonidan yaratib berilayotgan ushbu imkoniyat va imtiyozlarni suiiste'mol qilishga urinishmoqda.
Kuni kecha Davlat bojxona qo‘mitasining Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi hamda Tashqi savdo operatsiyalari monitoringi va bojxona statistikasi boshqarmasi xodimlari tomonidan yirik qonunbuzarlik holati fosh etildi.
Chunonchi, bojxonachilar “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi a'zosi bo‘lgan “Yasmin new tex” mas'uliyati cheklangan jamiyati faoliyatini o‘rganish davomida, ushbu tashkilot 43,3 ming AQSh dollariga teng bo‘lgan, jami 95,5 tonna “tekstil mato” tovarlarini olib kelganligi va unga bojxona to‘lovlaridan jami 753 million so‘m imtiyoz qo‘llanilganligi aniqlandi. Ammo shu o‘rinda haqli savol tug‘iladi, xo‘sh ushbu tashkilot davlatimiz tomonidan berilgan ushbu imtiyozlardan maqsadli foydalanib, o‘z ishlab chiqarish faoliyatini rivojlantirdimi?
Mazkur tashkilotga bojxona to‘lovlaridan qo‘llanilgan maqsadli imtiyozlar to‘g‘ri qo‘llanilganligi bojxonachilar tomonidan atroflicha o‘rganilib, korxonada ishlab chiqarish mavjud emasligi aniqlandi va mas'uliyati cheklangan jamiyatning noqonuniy xatti-harakatlariga o‘z vaqtida chek qo‘yildi.
Ushbu tashkilotga aloqador shaxslardan esa davlat byudjyetiga yetkazilgan 753 million so‘mlik zarar naqd pul shaklida to‘liq undirib olindi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
15:30 / 23.10.2024
9 oyda bojxonada qancha qurol va o‘q-dori ushlab qolingani aytildi
18:08 / 01.10.2024
Bojxona postida O‘zbekistonga olib kirilayotgan pnevmatik qurollar va 2,7 ming dona o‘qlar to‘xtatib qolindi
19:53 / 16.09.2024
O‘zbekiston AQSh bilan bojxona sohasidagi hamkorlikka oid bitimni imzoladi
20:33 / 29.08.2024